Foto va Video

“Diaries of… Travel magazine”ning versiyasiga ko‘ra, O‘zbekistonga tashrif buyurishga 21ta sabab

1296

Yaqinda “Diaries of… Travel magazine” xalqaro ommabop sayyohlik nashri "O'zbekistonga tashrif buyurishga 21ta  sabab" – “21 Reasons To Visit Uzbekistan” deb nomlangan ajoyib reytingni e’lon qildi.

Ma’lumot uchun: "Diaries of… Travel magazine" bu mustaqil sayohatlar va fotosuratlar jurnali bo‘lib, odamlarni dunyo bo‘ylab sayohat qilishga chorlaydi. Jurnalning mazmuni sayohatchilarning safar yozuvlari va ocherklarini, rangli fotoreportajlarni o‘z ichiga oladi. Nashr turli tillarda nashr etiladi va uning har bir soni ma’lum bir mamlakatga bag‘ishlanadi.

O‘zbekiston haqidagi maqola muallifi Anabel Valente mamlakatimizga keladigan sayyohlarning ko‘payishiga ta’sir ko‘rsatgan viza tartiblarining soddalashtirilishi, mahalliy aholi tomonidan kelgan sayyohlarga nisbatan hurmatli munosabat, mahalliy militsiya sayyohlarga daromad manbai sifatida qarashni to‘xtatganligi haqida batafsil so‘z yuritgan.

"O‘zbekistonga tashrif buyurishga 21ta sabab"ni sanab o‘tgan holda, muallif milliy taomlarga ustuvor ahamiyat beradi. Va bu bejizga emas.

Tashqi ko‘rinishi va ta’miga ko‘ra o‘zbek taomlari eng injiq sayyohlarni ham befarq qoldirmaydi.

Keyingi 7 ta punkt mashhur sayyohlik yo‘nalishlariga, O‘zbekistonning marvaridlari – Xiva, Samarqand, Buxoro, Toshkent, Shahrisabz va fojiali Orolga bag‘ishlanadi. Bir nechta punktlar O‘zbekistonning noyob va sirli diqqatga sazovor joylari – noyob Chilpiq-Qal’a, Xorazmning cho‘l qasrlari, Toshkent metrosining hashamatli bekatlari, Toshkentdagi qadimgi Chorsu bozori, Nukusdagi Savitskiy nomidagi san’at muzeyiga atalgan.

Reytingda qadimiy xalq amaliy san’ati, ipak to‘qish, gilam to‘qish va kulolchilikning o‘ziga xos an’analari alohida o‘rin egallagan.

O‘zbeklarning "tilla tabassumi" haqidagi fikr ham qiziqish uyg‘otadi.

“Tilla tishlar bu yerda, butun O‘rta Osiyoda bo‘lgani kabi,  nafaqat bezakdir. Bundan tashqari, boylik ramzi hamdir. Shu sababli, ko‘plab xonimlar kamera oldida o‘zining yorqin tabassumlarini g‘urur bilan namoyish etganlari ajablanarli emas, – deb yozadi Anabel Valente.

Qadimgi madrasalar, memorial majmualardagi mehmonxonalar, sayyohlar ziyorat qiladigan joylar, qadimiy bozorlar – bularning barchasi "O‘zbekistonga tashrif buyurishingizga 21 ta sabab”dir.

Maqolaning aslini o‘qish


Izoh

0

Izoh qoldirish

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali kirishingiz kerak:


Tizimga kirish orqali siz qayta ishlashga rozilik bildirasiz Shaxsiy malumot

Yana ko'ring