Xavfsizlik va O‘zbekiston bo‘ylab sayohatlarning o‘ziga xos jihatlari

“Air Europa” samolyotlarida O‘zbekistonning turizm salohiyati bo‘yicha navbatdagi keng ko‘lamli reklama kampaniyasi boshlandi

12.05.2025 122

2025-yil 1-maydan boshlab Yevropaning yetakchi “Air Europa” aviakompaniyasi bortida O‘zbekistonning sayyohlik imkoniyatlarini targ‘ib qilishga qaratilgan keng ko‘lamli reklama kampaniyasi boshlandi.

To‘rt oy davomida, ya’ni 2025-yilning may oyidan avgust oyigacha “Air Europa” aviakompaniyasiga tegishli 24 ta “Boeing” samolyotida O‘zbekistonga bag‘ishlangan 30 soniyalik audio-reklama roliklari efirga uzatiladi. Ushbu roliklar millionlab yo‘lovchilar foydalanishi mumkin bo‘lgan multimedia kontentining bir qismiga aylanadi.

1-maydan boshlab, Yevropa va Ispaniyaning yirik shaharlarini qamrab olgan qisqa masofali reyslarda, samolyot uchishi va qo‘nishi paytida panel monitorlarda reklama roligi bir necha bor namoyish etiladi. Shuningdek, Lotin Amerikasi va AQSHga uzoq masofali reyslarda har bir teleserial namoyishidan oldin o‘rindiq orqasidagi alohida ekranlarda ham reklama uzatiladi.

Kampaniyaning maqsadi xalqaro auditoriyani O‘zbekiston bilan noyob sayyohlik yo‘nalishi sifatida tanishtirish bo‘lib, u boy tarix, o‘ziga xos madaniyat va qulay sayohat uchun zamonaviy sharoitlarni o‘zida mujassam etgan. Kampaniya davomida reklama roligini millionlab badavlat yo‘lovchilar tomosha qiladi, bu esa O‘zbekistonning jahon turizm bozoridagi taniqliligini oshiradi. Ta’kidlash joizki, “Air Europa” kompaniyasi bilan hamkorlik 2024-yildan boshlab ikkinchi marta amalga oshirilmoqda.

Ma’lumot uchun: “Air Europa” Yevropaning yirik aviakompaniyasi bo‘lib, u yuqori mavqega, bortdagi ilg‘or texnologiyalarga va Yevropa, Lotin Amerikasi hamda AQSHning 20 ta mamlakatidan kelgan badavlat sayohatchilardan iborat xalqaro auditoriyaga ega.

Izoh

0

Izoh qoldirish

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali kirishingiz kerak:


Tizimga kirish orqali siz qayta ishlashga rozilik bildirasiz Shaxsiy malumot

Shuningdek, oʻqing