2024-yil 1-avgustdan Yevropaning yetakchi “Air Europa” aviakompaniyasi bortida O‘zbekistonning sayyohlik imkoniyatlarini ommalashtirishga qaratilgan keng ko‘lamli reklama kampaniyasi boshlandi. Aksiya O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasining “Digital IFE Services” xalqaro kompaniyasi bilan hamkorligi samarasi o‘laroq amalga oshirilmoqda.
2024-yilning avgustidan noyabrigacha boʻlgan toʻrt oy davomida “Air Europa” kompaniyasiga tegishli 24 ta “Boeing” samolyotida Oʻzbekistonga bagʻishlangan 15 soniyalik audioli reklama roliklari efirga uzatiladi. Ushbu videolar millionlab yo‘lovchilar ko‘rishi mumkin bo‘lgan multimedia kontentining bir qismiga aylanadi.
1-avgustdan boshlab, uch oy davomida Yevropa va Ispaniyaning yirik shaharlarini qamrab olgan qisqa masofali reyslarda uchish va qo‘nish vaqtida panel monitorlarida videorolik bir necha marta namoyish etiladi. 2024-yil 1-sentyabrdan boshlab uch oy davomida Lotin Amerikasi va Qo‘shma Shtatlarga uzoq masofali reyslarda har bir teleko‘rsatuvdan oldin o‘rindiqlarning orqa ekranlarida reklama namoyish etiladi.
Kampaniyadan ko‘zlangan maqsad xalqaro auditoriyani O‘zbekistonni boy tarix, o‘ziga xos madaniyat va qulay sayohat uchun zamonaviy sharoitlarni o‘zida mujassam etgan noyob sayyohlik yo‘nalishi sifatida tanishtirishdan iborat. Kampaniya davomida reklama roligini millionlab badavlat yo‘lovchilar ko‘radi, bu esa O‘zbekistonning jahon turizm bozoridagi taniqliligini oshiradi.
Ma’lumot uchun:
Air Europa - ajoyib obro‘ga, bortda ilg‘or texnologiyalarga va Yevropaning 20 ta mamlakati, Lotin Amerikasi va AQShdan kelgan badavlat sayohatchilarning xalqaro auditoriyasiga ega bo‘lgan Yevropaning yirik aviakompaniyasi.
Ish vaqti: 9:00-18:00, Du-Ju
Savollar uchun
Izoh