Xavfsizlik va O'zbekiston bo'ylab sayohatlarning o'ziga xos jihatlari

“AirAsia X” aviakompaniyasi Kuala-Lumpur va Toshkent o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarni yo‘lga qo‘ydi

16.10.2025 76

2025-yil 15-oktyabr kuni Toshkent xalqaro aeroportiga “AirAsia X” aviakompaniyasining Kuala-Lumpur – Toshkent yo‘nalishidagi birinchi reysi qo‘ndi. 

Bortda 218 nafar yo‘lovchi bo‘lgan havo kemasi an’anaviy tarzda suv arkasi bilan kutib olindi. Ushbu birinchi reys bilan Buxoro, Samarqand, Xorazm viloyatlari va Toshkent shahrining turizm salohiyati bilan yaqindan tanishish maqsadida bir qator sayyohlik guruhlari ham keldi.

“AirAsia X” vakillari qizil lenta va bayramona tortni kesish marosimida ishtirok etdilar. Yo‘lovchilar uchun milliy raqs jamoasining chiqishi tashkil etildi.

Tadbir ishtirokchilari mazkur aviaqatnovlar O‘zbekiston va Malayziya o‘rtasidagi turizm, savdo-iqtisodiy, ta’lim, madaniyat va sport sohalaridagi hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirishga hamda respublikaga Janubiy-Sharqiy Osiyo mamlakatlaridan kelayotgan sayyohlar oqimini oshirishga hissa qo‘shishi ta’kidladilar.

Kuala-Lumpur – Toshkent – Kuala-Lumpur yo‘nalishidagi reyslar haftasiga uch marta — dushanba, chorshanba va juma kunlari keng fyuzelyajli Airbus A330 samolyotlarida amalga oshiriladi.

Shuningdek, oʻqing