Xavfsizlik va O'zbekiston bo'ylab sayohatlarning o'ziga xos jihatlari

"Al-Jazeera" telekanalida O‘zbekistonning turizm salohiyati haqidagi videoroliklar namoyish etilmoqda

27.05.2025 224

21-maydan boshlab “Al-Jazeera” telekanalida O‘zbekistonning keng turistik salohiyati haqidagi videoroliklarni ko‘rsatish ko‘zda tutilgan reklama kampaniyasi ishga tushdi. Reklama loyihasi doirasida videoroliklar 4 oy davomida “Al-Jazeera Arabic”, “Al-Jazeera English” va “Al-Jazeera Mubasher” telekanallarida namoyish etiladi.

Eslatib o‘tamizki, hozirda “Al-Jazeera” suratga olish guruhi tomonidan yurtimizda O‘zbekistonning turizm salohiyatiga oid videorolikni suratga olish ishlari amalga oshirilmoqda. Shuningdek, suratga olish ishlari yakunlangach, tayyor bo‘lgan videorolik “Al-Jazeera” telekanallari hamda ijtimoiy  tarmoqlari orqali targ‘ib qilinishi rejalashtirilgan.

Ma’lumot uchun: “Al-Jazeera Network” - bosh qarorgohi Dohada (Qatar) joylashgan media tarmog‘i bo‘lib, hozirda 150 dan ortiq mamlakat va hududlarda efirga uzatiladi hamda 430 milliondan ziyod global tomoshabinga ega. Asosiy yangiliklar kanallari “Al-Jazeera English” va “Al-Jazeera Arabic” hisoblanadi.

Izoh

0

Fikr qoldiring

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali tizimga kirishingiz kerak:


Avtorizatsiyadan o'tib, siz ma'lumotlaringizni qayta ishlashga rozilik bildirasiz shaxsiy ma'lumotlar