Foto va Video

Angrenda "Delfin" suv sporti majmuasi ochildi

18.07.2021 1498

18 июля в городе Ангрен Ташкентской области состоялось открытие крытого водноспо17-iyul kuni Toshkent viloyatining Angren shahrida Delfin yopiq suv sport havzasining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbir Toshkent viloyati hokimligi tashabbusi bilan hamda Toshkent viloyati turizm va sport bosh boshqarmasi, O‘zbekiston shaxmat federatsiyasilari bilan hamkorligda tashkil etildi.
Tadbir doirasida 20-iyul Butun jahon shaxmati kuniga bag‘ishlangan sport musobaqasi tashkillashtirildi. Tumanlar miqyosida “Xokim kubogi” uchun maktabning 3-11-sinf o‘quvchilari ishtirok etgan bo‘lsalar, bugungi tadbirda Toshkent viloyati bo‘yicha finalga yo‘llanma olgan 50 nafar ishtirokchilar bahs olib bordilar.
Sport o‘yinlariga qo‘shimcha ravishda shaxmat sporti bo‘yicha Master FIDE va shaxmat sporti bo‘yicha maxoratli trenerlar tomonidan maxorat darslari uyushtirildi. Final musobaqasi sovrindorlariga Toshkent voloyati hokimligining esdalik sovg‘alari, dimlom va medallar taqdim etildi.
Sport kompleksida shaxmat va suv havzalaridan tashqari o‘zbek jang san’ati, basketbol, futbol, taekwondo WTF, boks, og‘ir va yengil atletika va boshqa bir qator maxsus jihozlangan sport xonalari va maydonchalari va boshqa qalayliklar, sport ustasi bo‘lishga intilayotgan sportchilar ixtiyoriga topshirildi.Ushbu sport kompleksi Toshkent viloyatida o‘zining toza havosiyu, go‘zal maskanlari bilan tanilgan Angren shahrining markazida, sport ishqibozlari uchun qulay hududda 33 va 21-maktablar yon qismida joylashgan.


Izoh

0

Izoh qoldirish

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali kirishingiz kerak:


Tizimga kirish orqali siz qayta ishlashga rozilik bildirasiz Shaxsiy malumot

Shuningdek, oʻqing