Foto va Video

Angrenda shaxmat fesivali bo‘lib o‘tdi

19.07.2021 648

20-iyul dunyo bo‘ylab xalqaro shaxmat kuni nishonlanadi. 17-iyul xalqaro bayram arafasida Angren shahrida noodatiy shaxmat festivali bo‘lib o‘tdi.

Karantin cheklovlari tufayli bu yil festival muxlislar ishtirokisiz o‘tkazildi.

Jonli shaxmat donalari, qiziqarli memlar, animatorlar namoyishlari, bularning barchasi festival ishtirokchilari uchun haqiqiy bayram kayfiyatini berdi.

Festival doirasida “Toshkent viloyati hokimi kubogi” musobaqasining final bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Viloyat hokimi Kubogi uchun musobaqa 2 bosqichda tashkil etildi. Birinchi bosqich umumta’lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasida bo‘lib o‘tdi, unda 2000 dan ortiq o‘quvchilar ishtirok etishdi, ulardan 50 nafari 17-iyul kuni Angrenda bo‘lib o‘tgan final bosqichida ishtirok etish uchun tanlab olindi.

Yakuniy o‘yin natijalariga ko‘ra, musobaqa g‘oliblari va sovrindorlari, eng yosh ishtirokchilar, shuningdek faxriy grossmeysterlar viloyat hokimligi tomonidan medal, diplom va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.

Sport o‘yinlaridan tashqari, FIDE ustalari va shaxmat sportida munosib murabbiylar tomonidan shaxmat bo‘yicha mahorat darslari tashkil etildi.

Tadbir Toshkent viloyati hokimligi tashabbusi bilan Toshkent viloyati turizm va sport Bosh boshqarmasi hamda O‘zbekiston shaxmat Federatsiyasi hamkorligida tashkil etildi.

Izoh

0

Izoh qoldirish

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali kirishingiz kerak:


Tizimga kirish orqali siz qayta ishlashga rozilik bildirasiz Shaxsiy malumot

Shuningdek, oʻqing