Foto va Video

AQShning VOGUE nashri nigohida o‘zbek to‘ylarining sirlari va nafisligi

1593

Rossiyalik fotograf Olga Shurigina O‘zbekiston bilan azaldan yaqin aloqalarga ega. Uning buvisi O‘zbekistonda tug‘ilgan va Farg‘ona vodiysidagi uzoq vaqt to‘qimachilik mahsulotlari bilan mashhur bo‘lgan Marg‘ilon shahrida modelyer bo‘lib ishlagan.

2019-yilda Olga Shurigina Toshkentdan janubi-g‘arbiy tomonda to‘rt soatlik yo‘l uzoqlikda joylashgan Forish qishlog‘iga jo‘nadi, u yerdagi mahalliy to‘yga taklif qilingandi. Olga bu yerda AQShning "VOGUE" jurnali uchun rangli fotosessiya qildi.

Olga Shurigina O‘zbekistonga safari davomida musulmon mamlakatining ko‘p asrlik an’analari va G‘arb tendensiyalari ta’siri o‘rtasidagi farqni qayd etdi. To‘y qadimiy o‘zbek urf-odatlari bo‘yicha bo‘lib o‘tdi va ikki kun davomida barcha udumlar va marosimlar bilan davom etdi.

Kelin va kuyov to‘ydan bir yil oldin uchrashishgandi. To‘yga tayyorgarlik juda sertashvish ish. O‘zbekistonda esa bu ayniqsa tashvishlidir: uy-joyni tayyorlash, mebel, to‘y libosi va sepni tanlash va h.

Kelin bilan kuyov to‘y libosini salonda birga tanladilar. U oppoq bo‘lib, Disney malikasi kiyimiga o‘xshardi. "Kim Kardashyan singari yorqin makiyaj va uzun kirpiklar", – dedi Olga Shurigina Amerikaning "VOGUE" jurnaliga marosim paytidagi kelin haqida. "Bu uning uchun eng muhim bayram bo‘lib, u doimo diqqat markazidadir".

To‘y kuni ertalab mehmonlar kelin oilasining uyida, u go‘zallik salonida bo‘lgan paytida to'planishdi. U yo‘q paytida mehmonlar ertalabki an’anaviy oshni tatib ko'rishdi. Qiziqarli an’ana: kuyov hayotlari to‘kinlik va farovonlik bilan to‘lishi uchun ertalabki oshning bir qismini kelinning oldiga shirinliklar bilan birga yuboradi.

Uydan chiqishdan oldin kelin ota-onasi bilan xayrlashib, yuzini oq to‘r bilan yopadi va ota-onasiga minnatdorchilik izhor etadi, yangi hayot uchun ularning duolarini oladi. Eng muhim jihatlardan biri bu "ko‘rpacha" deb nomlangan rang-barang yumshoq matraslardan yupqa bog‘lam shaklida kelgan sepdir. Ko‘rpacha har bir o‘zbekistonlik uchun o‘zining farovonligini namoyish etadi va ko‘pincha mehmon kelganda uyda yoyiladi.

To‘y marosimidan oldin kelin bilan kuyov mahalliy studiyaga fotosessiyaga borishdi. Fotosessiyadan so‘ng ular do‘stlari bilan shahar bo‘ylab sayr qilishdi va barcha mehmonlar ularni kutib turgan qishloqqa qaytib ketishdi.

Maqolaning to‘liq matnini bu yerda o‘qing

Izoh

0

Izoh qoldirish

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali kirishingiz kerak:


Tizimga kirish orqali siz qayta ishlashga rozilik bildirasiz Shaxsiy malumot

Yana ko'ring