Veb-portalda texnik ishlar olib borilmoqda!

Armrestling bo‘yicha O‘zbekiston chempionati bo‘lib o‘tadi

20.09.2021 2000

2021-yilning 28-30-sentabr kunlari Namangan viloyatining Pop tumanida Armrestling sporti bo‘yicha O‘zbekiston chempionati bo‘lib o‘tadi. Ushbu musobaqada 200 dan ortiq sportchilar ishtirok etishlari kutilmoqda.

15 ta vazn toifasida o‘tkazilayotgan ushbu musobaqada 2004-2007-yillarda tug‘ilgan 14-17 yoshli yigit va qizlar ishtirok etib, birinchilik uchun kurash olib boradilar.

Armrestling — ikki ishtirokchi o‘rtasida (sport jang san'ati turi) qo‘l kurashining bir turi hisoblanadi. O‘yin davomida raqobatchilarning bir xil qo‘llari qattiq, tekis yuzaga (odatda stol) joylashtiriladi va qo‘llar bir-biriga qulflanadi. Raqobatlashayotgan sportchilarning vazifasi bir-birlarining qo‘llarini sirtga bosish va g‘alabaga erishish hisoblanadi. Duel ishtirokchilariga vaqt bo‘yicha shuningdek, bir qator texnik va taktik cheklovlar qo‘llaniladi.

Armrestling Olimpiya sporti bo‘lmasa-da, qo‘llardagi kurash dunyoning ko‘p qismlarida juda mashhur sport turi hisoblanadi.

Ushbu musobaqada 15 nafar hakamlar sportchilarning bellashuvini baholab boradilar. G‘alabaga erishgan sportchilar diplomlar va qimmatbaho sovg‘alarga ega bo‘ladilar.

Izoh

0

Izoh qoldirish

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali kirishingiz kerak:


Tizimga kirish orqali siz qayta ishlashga rozilik bildirasiz Shaxsiy malumot

Shuningdek, oʻqing