Foto va Video

Ashihara-karate bo‘yicha sport turniri bo‘lib o‘tadi

08.09.2021 919

2021-yil 26-sentyabr O‘zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuniga bag‘ishlangan Ashihara-karate sport turi bo‘yicha Respublika turnirini o‘tkazilmoqda. Toshkent viloyati, Yuqorichirchiq tumani, Yangibozor qishlog‘idagi bolalar va o‘smirlar sport maktabining sport zalida bo‘lib o‘tadigan KATA va KUMITE Ashihara-karate turnirida: Toshkent shahri, Toshkent, Andijon, Farg‘ona, Namangan, Qashqadaryo, Samarqand, Navoiy va Surxondaryo viloyatlaridan 200 nafar sport ustalari ishtirok etishlari kutilmoqda.Sportchilar quyidagi bo‘limlarda birinchilik uchun kurash olib boradilar: Yakka turdagi Kata, Jamoaviy Kata, Knockdown Kumite, Full Contact Kumite.

O‘zbekistonda yapon jang san’ati Ashihara-karate 1999-yildan beri rivojlanib bormoqda. O‘zbekistonda Ashihara-karate bo‘yicha qatnashayotgan va malaka imtihonlarini topshirganlarning umumiy soni 1200 kishidan oshadi.Terma jamoa sportchilari muntazam ravishda xalqaro turnirlarda, ochiq Evropa chempionatlarida, chempionatlarda, Yevrosiyo kubogida va jahon chempionatlarida qatnashadilar.

2010-yildan hozirgi kungacha Ashihara-karate bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi sportchilari xalqaro turnirlarda 300 dan ortiq medallarni qo‘lga kiritdilar.Ashihara-karate bo‘yicha 2018 yil noyabr oyida bo‘lib o‘tgan jahon chempionatida. Qozog‘istonning Aktau shahrida terma jamoa sportchilari 2 ta oltin, 2 ta kumush va 10 ta bronza medallarini qo‘lga kiritishdi. Jahon chempionati yakunlariga ko‘ra, O‘zbekiston terma jamoasi 4 -o‘rinni egalladi.

Izoh

0

Izoh qoldirish

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali kirishingiz kerak:


Tizimga kirish orqali siz qayta ishlashga rozilik bildirasiz Shaxsiy malumot

Shuningdek, oʻqing