Xavfsizlik va O‘zbekiston bo‘ylab sayohatlarning o‘ziga xos jihatlari

“BBC GoodFood” Londonda “Uzbek Culture and Food Festival”ni e’lon qildi

02.06.2025 80

O‘zbekiston “BBC GoodFood”da “Dars Consulting UK ltd” bilan hamkorlikda reklama kampaniyasini yo‘lga qo‘ydi. https://www.bbcgoodfood.com/

Mazkur targ‘ibot kampaniyasi doirasida joriy yilning 21-23 iyun kunlari Londonda o‘tkaziladigan “Uzbek Culture and Food Festival” xalqaro festivali hamda turizm forumi haqidagi elektron bannerlar joylashtiriladi, shuningdek, “BBC GoodFood”ning elektron va bosma nashrlarida O‘zbekistonning gastronomik salohiyati haqida maqola tayyorlanib, chop etiladi. https://www.bbcgoodfood.com/

Reklama kampaniyasi nafaqat O‘zbekistonning turizm salohiyati va boy gastronomiyasini namoyish etishga, balki ushbu tadbirga keng jamoatchilikni jalb qilish va inglizlar orasida xabardorlikni oshirishga qaratilgan.

Izoh

0

Izoh qoldirish

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali kirishingiz kerak:


Tizimga kirish orqali siz qayta ishlashga rozilik bildirasiz Shaxsiy malumot

Shuningdek, oʻqing