Foto va Video

Bel olish va uch kurash sporti bo‘yicha O‘zbekiston kubogi bo‘lib o‘tadi

04.10.2021 1201

2021-yilning 15-20-oktabr kunlari Toshkent viloyatining Nurafshon shahrida sportning Bel olish va uch kurash turi bo‘yicha 2008-2009-yillarda tug‘ilgan va undan kichik bo‘lgan sportchilar o‘rtasida O‘zbekiston kubogi bo‘lib o‘tadi.O‘zbekiston kubogi O‘zbekiston Bel olish va uch kurash assotsatsiyasi tashabbusi bilan Turizm va sport vazirligi hamda Toshkent viloyati hokimligi hamkorlikda tashkil etilib, unda 1000 dan ortiq sportchi yoshlar ishtirok etishi kutilmoqda.Musobaqa 6 yo‘nalish bo‘yicha: bel olish chalish, bel olish xalqa chalish, bel olish xalqa chalishsiz, uch kurash yaktakli, uch kurash yaktaksiz, uch kurash xalqa.Bellashuvda yigitlar 15 ta vazn toifasida, qizlar esa 5 ta vazn toifasida g‘oliblik uchun kurash olib boradilar.

Izoh

0

Izoh qoldirish

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali kirishingiz kerak:


Tizimga kirish orqali siz qayta ishlashga rozilik bildirasiz Shaxsiy malumot

Shuningdek, oʻqing