Foto va Video

Bolalar bilan sayohat

5872

 Family holidays with children.

Eng ilhomlantiruvchi, biroq toliqtiradigan sayohat turi – bu bolalar bilan oilaviy dam olishdir.

Biz muntazam shovqin va yugur-yugurlardan charchamasdan, o‘zlari va farzandlari manfaati uchun dam olishni istaganlar uchun bir yilga tatiydigan maksimal darajada ijobiy his-tuyg‘ular va taassurotlarni olish uchun bir nechta foydali maslahatlarni beramiz.

Mavsum

O‘zbekistonga sayohat qilish uchun eng yaxshi davr martdan iyungacha, so‘ngra sentyabr oyi boshidan oktyabrgacha. Kichkina bolani, masalan, yozda qadimgi shaharlar va diqqatga sazovor joylarga sayohatga olib borishingiz dargumon. Siz O‘zbekistonga qishda ham tashrif buyurishingiz mumkin, masalan, tog‘larga chiqib, tog‘li O'zbekistonning qishki manzaralaridan zavqlanish, chang‘i va chanada, snoubordda va arqonli yo‘lda uchish mumkin. Yilning istalgan vaqtida Toshkentga kelib, farzandlaringizga dunyodagi eng go‘zal metroni ko‘rsatishingiz mumkin.

 Family holidays with children.

Bolalarning yoshi va soni

Biz hammamiz "Uyda yolg‘iz" filmini eslaymiz. Unda ota-ona katta bolalarini va qarindoshlarini olib, uyda kichkinasini unutib qoldiradi. Bu nima qilmaslik kerakligining eng yaxshi namunasidir. Tor oila davrasida dam olishdan yaxshiroq narsa yo‘q. Eng kichik bolalar onalari bilan, kattalari otalari yoki bobosi bilan bo‘ladi. Esda tutish kerak bo‘lgan asosiy narsa bu  bolalar — katta mas’uliyat, chet elda esa —  ikki barobar mas’uliyat ekanligidir.

Bolalar salomatligi

Bu sayohatdagi eng muhim omildir. Har qanday notanish mamlakatga sayohat qilishdan oldin kelajakda noxush oqibatlarga yo‘l qo'ymaslik uchun bolaning sog‘lig‘ini tekshirish, uning biron bir narsaga allergiyasi borligini bilish lozim. Safarga o‘zingiz bilan standart to‘plamga ega birinchi yordam vositalari: isitmani tushiruvchi dorilar, antiseptiklar, antibiotiklar, spirt va boshqa kerakli dori-darmonlarni albatta oling. O‘zbekistonda tibbiyot talab darajasida ishlamoqda, hech bo‘lmaganda poytaxtda dorixonalar va shoshilinch tibbiy yordam punktlari mavjud. O‘zbekistonga sayohat paytida eng muhimi ob-havo holatini hisobga olish, issiq va sovuq havoda boshni yopmasdan yurmaslikdir.

Hujjatlar

Safar oldidan aeroportda noxush vaziyatga tushib qolmaslik uchun barcha zarur hujjatlarni oldindan tayyorlab olish va ularning amal qilish muddatini tekshirish lozim.

Chet elga sayohat qilish uchun bolada xorijiy va umumfuqarolik bolalar pasporti bo‘lishi kerak. Ushbu hujjatda shaxsning safari paytida ota-onasi yoki hamrohining ismlari ko‘rsatiladi. Agar bunday shtamp bo‘lsa, u holda bolani chet elga olib chiqish uchun ota-onaning notarial tasdiqlangan roziligini olib yurish shart emas.

Journey

Parvoz vaqti

Agar siz farzandingiz ketidan samolyot saloni bo‘ylab yugurishni xohlamasangiz, tungi parvozlarni tanlaganingiz ma’qul. Tungi reyslarning soni unchalik ko‘p emas, demakki, aeroportda siz barcha xavfsizlik tekshiruvlaridan tezroq o‘tasiz va samolyot kabinasida xira yorug‘lik ostida joylashib, shahar bo‘ylab sayohat qilishdan oldin farzandingiz bilan birga uxlab olasiz.

Samolyotda joylar

Ko‘pgina aviakompaniyalarda chiptani sotib olishdan oldin samolyotdagi o‘rindiqlarni oldindan bron qilish mumkin. "O‘zbekiston havo yo‘llari" aviakompaniyasida qulay o‘rindiqlar to‘lov hisobiga bron qilinadi: deraza va yo‘lak yonida - 25 ming so‘m, birinchi qatorda - 100 ming so‘m. Agar sizda juda kichkina, masalan, bir yoshga to‘lmagan farzandlaringiz bo‘lsa, birinchi qatorda joylashganingiz ma’qul bo‘lib, “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasining samolyotlariga beshiklar uchun maxsus moslamalar o‘rnatilgan. Bunday holda, aviachiptani sotib olish va reysga ro‘yxatdan o‘tish vaqtida agentni parvozda beshik va maxsus bolalar ovqati zarur bo‘lishi to‘g‘risida ogohlantirish kerak.

Rejim

Turli mamlakatlarga sayohat qilgan turistlar, odatda, kundalik rejimdan chiqib ketishadi. Bu kattalar uchun juda yaxshi. Agar siz bolalar bilan sayohat qilishdan charchashni xohlamasangiz, odatdagi tartibni saqlash yaxshiroqdir. Masalan, kichkina bolalarga kunduzgi uyqu, o‘z vaqtida ovqatlanish kerak. Bolaga noqulaylik tug‘dirmasligi uchun barcha sharoitlarni yaratish muhimdir. Axir bola uchun muhitning o‘zgarishi oz bo‘lsa ham stressdir.

Uy-joy

Mehmon uylari oilaviy guruhlarni joylashtirish uchun juda yaxshi tanlovdir. Birinchidan, bu milliy muhitga sho‘ng‘ish uchun imkoniyatdir, chunki mehmon uylari odatda shahar atrofi, shahar hayoti qaynaydigan milliy mavzelarda joylashgan bo‘ladi. Ikkinchidan, oddiy aholining qanday yashashini ko‘rish, ularning urf-odatlari va marosimlari, oilaviy qadriyatlari bilan tanishish sizning kichkina qiziquvchan farzandingizning dunyoqarashini juda yaxshi oshiradi.

Journey

Dam olish va ta’lim

Bolalar juda yaxshi xotiraga ega va sayohat ularning dunyoqarashini yaxshilash, chet tillarini o‘rganish uchun ajoyib imkoniyatdir. O‘zbekistonda tarixiy joylar juda ko‘p, asosiysi, eng kichkina sayyohni ham qiziqtirishi mumkin bo‘lgan, ehtimol, uni kelajakda yana kelishga unday oladigan yaxshi gidga ega bo‘lish muhim. Ota-onalar uchun asosiy narsa bolasini ijobiy yo‘nalishga qo‘yish va unga sayohatni sarguzasht, O‘zbekistonga borish va haqiqiy sharq ertagiga kirish sifatida taqdim etishdir.

Moslashuv

Iqlimning almashinuvi, atrof-muhitning o‘zgarishini bolalar turlicha qabul qilinadi, shuning uchun sayohatning dastlabki kunlarida bolaga mos rejimni tuzish, kamroq taassurotlar berish, haddan tashqari isib ketish yoki sovqotishning oldini olish va mahalliy ovqatni yeyishida ehtiyot bo‘lishni tavsiya etamiz.

Farzandingiz yer ustida birinchi qadamini qo‘yib, yangi taassurotlar va his-tuyg'ularni boshdan kechiradi hamda har doim bola bilan bo‘lish, uning himoyasi va yordamchisi, kashfiyotchisi va himoyachisi bo‘lish juda muhimdir. Shuning uchun ushbu qoidalarga rioya eting va zavq bilan sayohat qiling.

Izoh

0

Izoh qoldirish

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali kirishingiz kerak:


Tizimga kirish orqali siz qayta ishlashga rozilik bildirasiz Shaxsiy malumot

Yana ko'ring