Foto va Video

Bo‘stonliq tumanida yozgi MEDIACAMP o‘z faoliyatini boshladi

17.08.2021 622

16 avgust kuni Bo‘stonliq tumanida yoshlar va talabalar uchun yangi media-oromgoh ochildi.

Medialager O‘zbekiston Respublikasi turizm va sport vazirligi, jurnalistika
va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti hamda yoshlar ishlari agentligi hamkorligida Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanidagi “Xo‘jikent” va “Yoshlar agentligi” lagerlarida tashkil etilgan.

“MEDIACAMP” yozgi oromgohi sport tadbirlari orqali sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, O‘zbekistonda turizmni yanada rivojlantirish uchun Travel-jurnalistikaning roli va ahamiyatini o‘rganish, shuningdek, Bo‘stonliq tumanining sayyohlik salohiyatini namoyish etish maqsadida tashkil etilmoqda.

Yozgi media lagerning ochilish marosimida Bosh vazir o‘rinbosari-turizm va sport vaziri Aziz Abduhakimov so‘zga chiqdi.

"Travel journalism» yo‘nalishining asosiy maqsadi O‘zbekiston OAV uchun mustaqil fikrlovchi, globalizatsiya jarayonida ishlash ko‘nikmalariga ega bo‘ladigan O‘zbekiston Respublikasi turistik imidjini jahon ommaviy axborot vositalarida xolis yoritish orqali turistlarni jalb etishga qodir professional jurnalistlarni tayyorlashdir, deydi o‘z nutqi davomida bosh vazir A. Abduxakimov. – Aynan shu jihatdan olib qaraganda, jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti bilan hamkorligimiz hamda bugungi o‘tkazilayotgan mediakemp loyihamiz ayni muddaodir".

Bo‘lajak jurnalistlarga murojaat qilib, turizm va sport vaziri talaba-yoshlarning kelajakda O‘zbekiston qiyofasini shakllantirishda, islohotlar va yangiliklarni yoritishda tutgan o‘rni beqiyos ekanini ta’kidladi.

Shuningdek, “Ipak yo‘li” turizm xalqaro universiteti talabalarining qo‘shma media-lagerini tashkil etish, shuningdek, Bo‘stonliq tumanidagi turizm salohiyati haqida eng yaxshi maqolalar mualliflari, jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti talabalarini moddiy rag‘batlantirish to‘g‘risida alohida to‘xtalib o‘tildi.

“MEDIACAMP” loyihasi doirasida turizm, sportni rivojlantirish, madaniy merosni asrab-avaylash, kino va ommaviy kommunikatsiyalarni rivojlantirishga bag‘ishlangan turli seminar va treninglar o‘tkazish rejalashtirilgan.

Izoh

0

Izoh qoldirish

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali kirishingiz kerak:


Tizimga kirish orqali siz qayta ishlashga rozilik bildirasiz Shaxsiy malumot

Shuningdek, oʻqing