Foto va Video

Bo‘stonliq tumanining sarmoyaviy salohiyati haqida video rolik ishlab chiqish uchun tanlov e‘lon qilindi

25.11.2020 767

O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi huzuridagi “Milliy PR-markaz” DUK, Bo‘stonliq tumanining sarmoyaviy salohiyati haqida video rolik ishlab chiqish uchun tanlov e‘lon qiladi.

Loyiha shiori: «Bo‘stonliq tumani – O‘zbekistonning tog’li yuragi»

Tanlovning maqsadi:

✔ Bo‘stonliq tumanining tabiiy go‘zalligining o‘ziga xos xususiyatlarini yoritish.

✔ Mintaqadagi turistik salohiyat va turizm turlarini ochib berish.

✔Jahon hamjamiyatining mintaqaning turistik va sarmoyaviy jozibadorligiga qiziqishini oshirish.

Tanlov shartlari:

Tanlov ishtirokchilari, uchta variantda: davomiyligi 180 soniya, 60 soniya va 30 soniya bo‘lgan Full HD formatidagi, bir-biriga o‘xshamagan, shu bilan bir vaqtda mazmunning asosiy g‘oyasi saqlab qolingan videoroliklar ishlab chiqishlari kerak.

Rolik uchta tilda (o‘zbek, rus va ingliz) ishlab chiqilishi kerak.

Tanlovda ishtirok etish uchun taqdim etilayotgan rolikning to‘liq ishlab chiqilgan konsepsiyasini (ssenariy, sinopsis, vizual tasvirlar) taqdim etish kerak. Rolikda, mintaqaning turistik yo‘nalishlari salohiyati, infratuzilmalar, mahalliy aholi va urf-odatlar, shuningdek mintaqaning boshqa diqqatga sazovor joylarining chiroyli tasvirlari bo‘lishi kerak.

Asosiysi, rolikda mintaqaning sarmoyaviy salohiyatini ochib berish g‘oyasi bo‘lishi kerak.

Sovrin jamg‘armasi 50 000 000 so‘mni tashkil etadi.

Arizalar berish muddati: 23.11.2020 dan 03.12.2020 gacha

Tanlov lotining E-exarid tizimida joylashishini https://exarid.uzex.uz/ru/competitive/lot/9099069 havolasi orqali ko‘rishingiz mumkin.

Izoh

0

Izoh qoldirish

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali kirishingiz kerak:


Tizimga kirish orqali siz qayta ishlashga rozilik bildirasiz Shaxsiy malumot

Shuningdek, oʻqing