Foto va Video

“Boysun bahori” festivali 7-8-may kunlari bo‘lib o‘tadi

04.04.2022 1546

2022-yilning 7-8-may kunlari Boysun tumanidagi tog‘li Padang qishlog‘ida, uzoq kutilgan, tabiat va milliy an’ana va folklorni yangilash bayrami bo‘lmish “Boysun bahori” festivali boshlanadi.

Ayni paytda Surxondaryo viloyatida O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, Surxondaryo viloyati hokimligi va boshqa bir qator tashkilotlar bilan hamkorlikda festivalga puxta tayyorgarlik ko‘rilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 7-fevraldagi “Boysun bahori” xalqaro folklor festivalini tashkil etish va o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan 200 dan ortiq folklor jamoalarining vakillari an'anaviy festivalda o'z hududiga xos liboslar, qo'shiq va folklor an’analarini namoyish etgan holda ishtirok etadilar.

O‘ziga xos qadriyat va boy nomoddiy madaniy merosga ega bo‘lgan Boysun tumanida nufuzli festivalning o‘tkazilishi chuqur ma’noga ega, bunga 2001-yilda Boysun madaniy merosining YuNESKO tomonidan “insoniyat og‘zaki va nomoddiy merosi durdonasi” sifatida ro‘yxatga olingani sabab. 2002-yilning may oyida esa Xushmanzor tumanida O‘zbekiston, Tojikiston va Qirg‘iziston xalq ijrochilarining birinchi ochiq folklor festivali bo‘lib o‘tdi.

O‘ziga xos xalq qadriyati va an’analarini o‘zida jamlagan festivalda kurash, etnosport, velomarafon, uloq-ko‘pkari, varraklar bellashuvi, chillak va boshqa xalq o‘yinlari bo‘yicha milliy musobaqalar muhim o‘rin tutadi.

Festival yakunida eng yaxshi folklor-etnografik jamoalar, sport va xalq o‘yinlari g‘oliblari munosib taqdirlanadi.

Izoh

0

Izoh qoldirish

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali kirishingiz kerak:


Tizimga kirish orqali siz qayta ishlashga rozilik bildirasiz Shaxsiy malumot

Shuningdek, oʻqing