Foto va Video

“Boysun bahori” festivali mehmonlari uchun maxsus charter reyslar yo‘lga qo‘yildi

06.05.2022 985

Surxondaryo viloyatining Boysun tumanida o‘tkaziladigan “Boysun bahori” xalqaro folklor festivali mehmonlariga yanada qulaylik yaratish maqsadida 2022 yilning 7 may kuni Andijon-Termiz-Farg‘ona va Nukus-Termiz-Nukus yo‘nalishlarida qo‘shimcha charter aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yildi.

Shu bilan birga, yo‘lovchilarni Farg‘ona viloyatidan Andijon viloyatiga olib borish uchun avtobuslar ajratildi.

Taʼkidlash joizki, ushbu qo‘shimcha reyslar O‘zbekiston Prezidentining 2022 yil 26 apreldagi “Turizmni yanada rivojlantirish, ichki turizm bozorini kengaytirish, turizm obyektlarini ko‘paytirish hamda muzeylar faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari”ga bag‘ishlangan kengaytirilgan videoselektor yig‘ilishida berilgan topshiriqlar ijrosini taʼminlash, hududlarda o‘tkazilayotgan ommaviy tadbirlarda sayyohlarga qo‘shimcha shart-sharoitlar yaratish maqsadida Turizm va madaniy meros vazirligi tashabbusi bilan yo‘lga qo‘yildi.

Izoh

0

Izoh qoldirish

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali kirishingiz kerak:


Tizimga kirish orqali siz qayta ishlashga rozilik bildirasiz Shaxsiy malumot

Shuningdek, oʻqing