Foto va Video

Buxoroda yangi aeroport terminali quriladi

15.04.2022 1026

Prezident Shavkat Mirziyoyev 11-aprel kuni transport va kommunal sohaga oid loyihalar taqdimoti bilan tanishdi, uning doirasida 2035-yilgacha mamlakat aeroportlarini rivojlantirish strategiyasi ijrosi muhokama qilindi.

Uchrashuv davomida Respublika Prezidentiga “Buxoro” aeroportida davlat-xususiy sherikligi asosida yangi xalqaro yo‘lovchi terminali qurilishi loyihasi taqdim etildi.

Hozirda tender tanlovi yo‘li bilan xususiy sherik tanlash bo‘yicha tender hujjatlari ishlab chiqilmoqda.

Umumiy investitsiyalar 136 million dollarga baholanmoqda, shundan:

66,7 million dollar – “O‘zbekiston aeroportlari” va NBU kreditlari hisobidan quriladigan xususiylashtirilmaydigan mulk majmuasi;

69,3 million dollar - xususiy investitsiyalar hisobiga quriladigan mulk majmualari.

Loyiha 2022-2024-yillarda amalga oshiriladi.

Shuningdek, taqdimot davomida Farg‘ona vodiysi shaharlari uchun yagona xalqaro aeroport qurish taklifi bildirildi.

Hozirgi Andijon, Namangan va Farg‘ona aeroportlari shahar ichida joylashgani va atrofi zich binolar bilan o‘ralgani ularning kengayish imkoniyatini cheklab qo‘ymoqda.

Mamlakatimiz aeroportlarini 2035-yilgacha rivojlantirish strategiyasida 2026-yilgacha aeroportlarni ixtisoslashtirishni amalga oshirish, masalan, Toshkent aeroportini xalqaro hab, Navoiy aeroportini yuk tashish, Samarqand va Buxoro aeroportlarini turistik markaz sifatida rivojlantirish ko‘zda tutilgan.

Izoh

0

Izoh qoldirish

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali kirishingiz kerak:


Tizimga kirish orqali siz qayta ishlashga rozilik bildirasiz Shaxsiy malumot

Shuningdek, oʻqing