Doha shahridagi “Qatar Travel Mart” nufuzli xalqaro turizm ko‘rgazmasida ishtirok etishga shoshiling!

25.10.2024 211

“Qatar Travel Mart” – Qatardagi eng yirik sayyohlik ko‘rgazmasi bo‘lib, turizm sohasini qo‘llab-quvvatlash, uning raqobatbardoshligini oshirish, ichki va tashqi turizmini birlashtirish, mahalliy va xorijiy sayyohlik kompaniyalari o‘rtasida o‘zaro aloqalarni mustahkamlash, turizm resurslari va madaniyatini targ‘ib qilishga qaratilgan. 

Ko‘rgazmada 35 mamlakatdan 12 000 ga yaqin vakillar ishtirok etishi, dam olish, tibbiy, madaniy, sport va halol turizm yo‘nalishlaridagi so‘nggi tendensiyalar namoyish qilinishi ko‘zda tutilgan.

Shuningdek, tadbir doirasida yuqori darajadagi xalqaro konferensiya hamda B2B va B2C shaklidagi uchrashuvlar ham bo‘lib o‘tadi. Unda turizmni rivojlantirishga sarmoyalar kiritish, sohadagi yangi loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha mintaqaviy va xalqaro turizm ekspertlarining fikr-mulohazalari muhokama qilinadi.

Qo'shimcha ma'lumot olish uchun fair@nationalprcentre.com elektron manzili yoki +998781290990 telefon raqamlari orqali bog‘lanishingiz mumkin.

Sana: 2024-yil 25-27-noyabr

Ariza topshirishning oxirgi muddati: 2024-yil 5-noyabrgacha

Onlayn ariza qoldirish: https://uzbekistan.travel/uz/vt/qatar-travel-mart-v-dohe/

Izoh

0

Izoh qoldirish

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali kirishingiz kerak:


Tizimga kirish orqali siz qayta ishlashga rozilik bildirasiz Shaxsiy malumot

Shuningdek, oʻqing