Foto va Video

O‘zbekiston turizm sohasini Yevropaning yetakchi ECM Spectrum kompaniyasi bilan hamkorlikda rivojlantiriladi

29.07.2022 992

28-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi binosida “Milliy PR-markazi” DUK direktori D.M. Samandarova va “ECM Spectrum” kompaniyasi direktori S.R. Alimov o‘rtasida memorandum imzolandi.


Memorandum doirasida O‘zbekiston Respublikasi hududida turizm, logistika, transport infratuzilmasini rivojlantirish, bosh rejalashtirish asosida sayyohlik hududlarini rivojlantirishga qaratilgan qo‘shma loyihalarni, shuningdek, hududdagi madaniy meros obyektlarini redevelopment (qayta ta’mirlash) va zamonaviy foydalanishga moslashtirish bo‘yicha loyihalarni amalga oshirish nazarda tutilgan.

So‘nggi yillarda ECM Spectrum O‘zbekistonning turizm sohasidagi rivojlanishini katta ishtiyoq bilan kuzatib bormoqda. Turistlar oqimining ortishi, mamlakat iqtisodiyotining jadal rivojlanish sur’atlari va boshqa ijobiy omillar ECM Spectrum kompaniyasining O‘zbekiston Hukumati tomonidan sayyohlarga qulay shart-sharoitlar yaratish sohasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ishlarda ishtirok etishga intilishiga ta’sir qildi.

ECM Spectrum ko‘p yillik xalqaro tajribani inobatga olgan holda O‘zbekistonning turizm sohasidagi rivojlanishini katta ishtiyoq bilan kuzatmoqda. 

Ma’lumot uchun: ECM Spectrum – Berlinda ofisiga ega bo‘lgan Yevropa injiniring kompaniyasi bo‘lib, u Germaniya, Sharqiy Yevropa, Markaziy Osiyo va bir qator MDH davlatlarida xalqaro darajadagi xizmatlar ko‘rsatib, sanoat, infratuzilma va ko‘chmas mulk sohasida zamonaviy loyihalarni amalga oshirishda ishtirok etadi.


Uchrashuv ishtirokchilarining hamkorligi mamlakatimizning turizm sohasi va madaniy merosini rivojlantirishga samarali ta’sir ko‘rsatadi.

Izoh

0

Izoh qoldirish

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali kirishingiz kerak:


Tizimga kirish orqali siz qayta ishlashga rozilik bildirasiz Shaxsiy malumot

Shuningdek, oʻqing