O‘zbekistonda nafaqat sayohatchilar uchun sharoitlarni yaxshilash, balki mamlakatimizning madaniy va tabiiy diqqatga sazovor joylari haqidagi ma’lumotlarni xorijda keng targ‘ib etish orqali turizm faol rivojlantirilmoqda. Bu borada Turizm qo‘mitasi ko‘magida tayyorlangan “Ferghana – Enjoy The Beauty” videoroligi nufuzli xalqaro festival – “Japan World’s Tourism Film Festival” (JWTFF) da hakamlar hay’ati qaroriga ko‘ra yuqori baholanib, 1132 ta arizalar orasidan finalchilar ro‘yxatiga kiritildi.
Videorolik “Asian Finalistis” (Osiyo finalchilari) sifatida saralab olingan 21 ta rolik qatoridan joy oldi. Bu e’tirof Farg‘ona vodiysining betakror go‘zalligiga butun dunyo e’tiborini jalb qilishda muhim ahamiyatga ega. Bu mintaqani ommalashtirish va jahon turizm maydonida O‘zbekistonning ijobiy imidjini shakllantirishga xizmat qiladi.
Ma’lumot uchun, Farg‘ona vodiysining sayyohlik salohiyatini ochib berishda ahamiyatli bo‘lgan “Ferghana – Enjoy The Beauty” videoroligi 9 ta xalqaro kinofestivallarda ishtirok etmoqda.
“Japan World’s Tourism Film Festival” da turli mintaqalarning o‘ziga xos jozibadorligini aks ettirgan, ularni butun dunyo bo‘ylab tomoshabinlar bilan tanishtiruvchi turizm filmlari taqdim etiladi. Festival ishtirokchilarni oxirgi zamonaviy texnologiyalardan foydalanishga undaydi va turizm kelajagini muhokama qilish uchun platforma yaratadi. Joriy yilgi taqdirlash marosimi, 2025-yil 17-19-mart kunlari Okayama prefekturasining Maniva shahrida boʻlib oʻtadi.
Ish vaqti: 9:00-18:00, Du-Ju
Savollar uchun
Izoh