Xavfsizlik va O'zbekiston bo'ylab sayohatlarning o'ziga xos jihatlari

Germaniyaning “FVW Medien GmbH” mediakompaniyasi O‘zbekiston sayyohlik salohiyatini keng targ‘ib etadi

06.10.2025 155

Turizm qo‘mitasi tomonidan O‘zbekistonning turizm sohasini jahon bozorida keng targ‘ib etish maqsadida Germaniyaning nufuzli “FVW Medien GmbH” mediakompaniyasi bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yildi. Ushbu tashabbus mamlakatimizning turistik jozibadorligini Germaniya va umuman Yevropa bozorida yanada kengroq tanitishga xizmat qiladi.

O‘zbekistonning turizm salohiyatini targ‘ib etishga qaratilgan, Germaniya bozoriga yo‘naltirilgan maxsus PR-kampaniya o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Kampaniya doirasida “Meine Reise” jurnali sahifalarida O‘zbekiston haqida maqolalar chop etilishi, shuningdek, mamlakatimiz sayyohlik salohiyati ijtimoiy tarmoqlarda faol targ‘ib qilinishi ko‘zda tutilgan.

Ma’lumot uchun: 1967-yilda Gamburgda tashkil etilgan “FVW Medien GmbH” sayohat sanoatining barcha asosiy sohalarini qamrab oluvchi turizm va biznes ma’lumotlariga ixtisoslashgan mediakompaniyadir. Kompaniya portfeliga nufuzli “FVW” va “TravelTalk” nashrlari, “FVW.de” onlayn platformasi, shuningdek, “FVW Akademie” orqali ixtisoslashtirilgan tadbirlar (jumladan, “FVW Kongress”, “Travel Expo”) va ta’lim dasturlarini tashkil etish kiradi.

Mazkur tashabbus O‘zbekistonning Yevropa turizm bozorida tanilishini kuchaytirish, xorijiy sayyohlar oqimini oshirish hamda mamlakatimiz xalqaro imijini mustahkamlashga xizmat qiladi.

Shuningdek, oʻqing