Veb-portalda texnik ishlar olib borilmoqda!

Germaniyaning "Die Welt" gazetasida O‘zbekiston haqida maqola e’lon qilindi

1559


“O‘zbekiston qadimiy tarix va boy madaniy merosga ega bo‘lgan Markaziy Osiyodagi eng go‘zal mamlakatlardan biridir. Mamlakat hududi baland tog‘li vodiylar va issiq cho‘llarni, qadimiy arxitektura yodgorliklari bilan to‘ldirilgan ko‘p madaniyatli arxeologik va tarixiy majmualarni, shuningdek, zamonaviy megapolislarni hayratli darajada o‘zida mujassam qiladi", – deb yozadi Germaniya gazetasi bizning mamlakatimiz haqida.

Ma’lumot uchun: “Die Welt” Germaniyadagi eng nufuzli davriy axborot nashrlaridan biri bo‘lib, “Axel Springer SE” nashriyoti tomonidan bosib chiqariladi va nemis biznes elitasida keng ommalashgan. Gazetada turli yangiliklar va tahliliy materiallar nashr etiladi. Birinchi soni 1946-yil 2-aprelda Gamburgda dunyo yuzini ko‘rgan.Historical sights

Ushbu maqolada germaniyalik sayyohlarga Markaziy Osiyo xalqlari tarixiga ekskursiya va YUNESKOning Jahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan tarixiy obidalar bilan tanishish, shuningdek, Buyuk Ipak yo‘lining qadimiy yo‘nalishlari bo‘ylab qiziqarli sayohat qilish taklif etiladi.

O‘zbekistonning noyob tabiiy-iqlim sharoiti yaxshi dam olish va sayyohlik uchun ajoyib imkoniyatdir. Har bir mintaqa o‘zining tabiiy boyliklari: baland tog‘ tizmalari, Pomir va Tyanshan etaklari, billurdek toza suvli ko‘llari, sershovqin daryolari va shifobaxsh buloqlari bilan faxrlanishi mumkin.

Mamlakatda turizmning ommaviy turlari – ekstremal, ziyorat, etnik, qishloq turizmi va boshqalar jadal rivojlanmoqda. Borgan sari yangi marshrutlar va turistik xizmat ko‘rsatish markazlari yaratilmoqda, – deb yozadi nemis nashri.

Grandfather with grandchildren

Nashrda ko‘rish va tatib ko‘rishga arziydigan O‘zbekistonning asosiy marvaridi bo‘lgan madaniyat va urf-odatlar, shuningdek, milliy taomlariga alohida e’tibor qaratilgan.

Ushbu boylik bilan tanishish uchun butun mamlakat bo‘ylab sayohat qilish kerak, biroq O‘zbekiston madaniyatining butun majmuini bir joyda ko‘rishni istaganlar respublikaning barcha viloyatlaridagi ijodiy jamoalar ishtirok etadigan O‘zbekistonning noyob etno-festivallariga tashrif buyurishlari lozim. Aynan shu yerda o‘zbek raqslari, musiqasi va amaliy san’atining barcha turlarini ko‘rish mumkin.

Izoh

0

Izoh qoldirish

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali kirishingiz kerak:


Tizimga kirish orqali siz qayta ishlashga rozilik bildirasiz Shaxsiy malumot

Yana ko'ring