Foto va Video

G‘ijduvon hunarmandlari tilga kiritgan tuproq

13.05.2022 748

18-may kuni O‘zbekiston Tasviriy san’at galereyasida Usto Ibodulla Nazrullayev tavalludining 95 yilligiga bag‘ishlangan “Tuproq tilga kirganda...” ko‘rgazmasining ochilishi bo‘lib o‘tadi. Atoqli kulol Usto Ibodulla nomi yetti avloddan iborat G‘ijduvon kulollari sulolasining shonli tarixining bir qismidir.

G‘ijduvon kulolchiligi uzoq tarixga ega. G‘ijduvonlik ustalar ko‘p asrlar davomida butun viloyatni kulolchilik buyumlari bilan ta’minlab kelishgan. Ularning san’atini o‘rganish uchun turli shaharlardan kulollar kelishgan. G‘ijduvonlik kullolar yasagan buyumlar uch xil: oq, qizil va sariq loydan tayyorlanadi. Mahsulotlar tabiiy soyalarda quritib olinadi va maxsus bezak bo‘yoqlar to‘plami bilan ajralib turadi, ular orasida geometrik naqshlar kamdan-kam uchraydi.

Ko‘rgazmada O‘zbekiston kino va foto hujjatlar milliy arxivi tomonidan taqdim etilgan kulolchilik buyumlari va arxiv fotosuratlari namoyish etiladi.

Ko‘rgazma doirasida O‘zbekiston Badiiy akademiyasi Badiiy ko‘rgazmalar direksiyasining majlislar zalida san’atshunos olimlar va usta hunarmandlar ishtirokida “Ibodullo Nazrullaev: hayoti, ijodi, an’analari” mavzuida ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tadi va unda hunarmandlar zamonaviy O‘zbekistonda an’anaviy kulolchilik san’atining rivojlanishini muhokama qiladilar.

Ko‘rgazmada usto Ibodullo Narzullayevning 80 dona asarlari namoyish etilib , ular O‘zbekiston Badiiy akademiyasi Badiiy ko‘rgazmalar direksiyasi fondida saqlanadi. Shuningdek, ko‘rgazmadan uning o‘g‘illari Alisher va Abdullo Narzullayevlarning ishlari xam o‘rin olgan.

Tadbir Xalqaro muzeylar kuni munosabati bilan o‘tkazilmoqda. Ko‘rgazma roppa-rosa bir oy davom etadi.

Konferensiya boshlanishi vaqti – 14:00

Ko‘rgazmaning ochilish vaqti: 17:00 da bo‘lib o‘tadi

Izoh

0

Izoh qoldirish

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali kirishingiz kerak:


Tizimga kirish orqali siz qayta ishlashga rozilik bildirasiz Shaxsiy malumot

Shuningdek, oʻqing