Foto va Video

Gollandiyada “O‘zbekiston” kitobi nashr etldi

20.09.2021 884

2021-yilning 20-sentabr sanasida O‘zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasida Gollandiyalik taniqli madaniyat arbobi, Burxanettin Charlak hamda rassom Yusuf Akkayaning tashrifi doirasida uning Abri bahor (Ebru) san’ati asarlari ko‘rgazmasi hamda Gollandiyada nashr etilgan “O‘zbekiston” kitobi taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Madaniyat arbobi B.Charlak muallifligida nashr etilgan “O‘zbekiston” kitobi o‘zbek tilida ekanligi barchani lol qoldirdi.

Tadbirda O‘zbekiston Badiiy akademiyasi a’zolari hamda Abri bahor san’ati ustasi Nasiba Sotiboldiyeva “Abri bahor” (Ebru) san’ati yuzasidan fikrlar bildirdilar.

“Abri bahor san’atida, suvning sirli mo‘jizasi sabab, maxsus idishdagi quyuq suvga tashlangan rangli bo‘yoqlar ustaning shu ondagi ruxiyati ila matoga ko‘chiriladi.

Takrorlanmas rasmlar sizni uzoq o‘tmish makoniga yoki borliqning cheksiz olamiga olib ketadi.” - Satiboldiyeva Nasiba, O‘zbekiston “Hunarmandlar uyushmasi” a’zosi.

Izoh

0

Izoh qoldirish

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali kirishingiz kerak:


Tizimga kirish orqali siz qayta ishlashga rozilik bildirasiz Shaxsiy malumot

Shuningdek, oʻqing