Foto va Video

Go‘ri Amirdagi Amir Temurning nefrit sag‘anasi

5767

Samarqandning tarixiy markaziga tashrif buyurganingizda, shubhasiz, temuriylar sulolasiga mansub kishilar dafn etiladigan maqbara – Go‘ri Amirning muhtasham binosiga ham borasiz. Katta devorlar orqasida ichki asosiy xonalardan birida buyuk sarkarda dafn etilgan. Katta xonaning o‘rtasida ko‘plab sirlar va afsonalarga boy Sohibqiron sag‘anasi ustiga qo‘yilgan nefrit qabrtosh bor.

Tarixda yozilishicha, 1404 yil sovuq qishda, buyuk Amir Temur o‘zining 200 minglik qo‘shini bilan Xitoyga uzoq safarga jo‘nab ketadi. Keksayganiga va bir necha yillardan beri boshidan kechirgan ko‘plab kasalliklar va oqsoqollikka qaramay, u o‘zining qudrati va kuchining cho‘qqisida edi. Umrining so‘nggi kunlariga qadar o‘z lashkarini shaxsan boshqargan va o‘zi barcha harbiy janglarda qatnashgan. O‘sha paytda Turkistonga kelgan eng og‘ir qishlardan biri bo‘lgan va 1405 yil yanvarda Temurning katta qo‘shini O‘tror shahriga etib bordi, ammo Amir Temur to‘xtab qolishga majbur bo‘ldi, chunki u to‘satdan shamollab, o‘pkasi yallig‘lanib, bir necha kundan keyin vafot etgan.

Amir Temurning jasadini o‘z vataniga qaytarish maxfiy topshirig‘i uning yaqinlaridan biri Xo‘ja Yusufga topshirilgan. Hammaga buyuk amirning xotinlaridan biri poytaxtga qaytayotganligi aytilgan.


Amir Temurning Samarqandga olib kelingan jasadi zudlik bilan Sohibqironning sevimli nabirasi Muhammad Sulton madrasasining daxmasiga dafn etilgan. Taʼlim muassasasi amirning nabirasi tomonidan yosh beklar va musulmon jangchilarga Qurʼonni o‘rgatish uchun qurilgan. Muhammad Sultonning o‘zi 1403 yilning bahorida vafot etgan va madrasadagi shu daxmaga dafn qilingan. Buyuk Temur nabirasi yoniga dafn qilindi. Amir Temurning sag‘anasi qora nefrit qabrtoshi bilan bezatilgan. Bu tosh bir necha marta maqbaradan sirli ravishda g‘oyib bo‘lgan, ammo doim o‘z joyiga qaytarilgan.

Qadimgi afsonaga ko‘ra, Temur o‘limidan so‘ng o‘nlab yillar o‘tgach, Xitoydagi yurishi paytida Temurning nabirasi Ulug‘bek viloyatlarning birida Temur nomi tilga olingan sirli yozuvlari bo‘lgan ikkita katta to‘q yashil nefrit toshni topgan. Ehtimol tosh ilohiy kuchga ega bo‘lgan o‘lja sifatida mo‘g‘ul bosqinchilari tomonidan biror bir qabr toshidan o‘g‘irlangan bo‘lishi mumkin. Ulug‘bek tomonidan topilgan nefrit toshlari Samarqandga yetkazilgan. Nefrit tosh Temurning Go‘ri Amir maqbarasidagi sag‘anasi ustidagi qabrtosh vazifasini o‘tagan.

Qabrtosh ustiga “Bu Buyuk Sulton, iltifotli xon, Amir Tarag‘ayning o‘g‘li Amir Temur Ko‘ragoniyning qabri” deb yozilgan. Bu yerda Chingizxonga borib taqalgan Amir Temurning shajarasi ham keltirilgan.

Xarita

Onlayn sayohat

 

Izoh

2

Tamerlane had destroyed the Muslim empires of Turkey and India. He is considered a villain.

ANWAR KHAN | 27.06.2022

long live about 350millions turkic turanian people.. Are all enormous branches of one tree, the offshoots of a giant trunk.. Symbol of all turkic turanian people unity turkestanz house of BORJIGIN turk chinggisid temurids baburids ilkhanids qajarid janids kirayids kassarid shaibanid and OTS

MIRZA USMAN BAIG KASSAR | 03.09.2022

Izoh qoldirish

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali kirishingiz kerak:


Tizimga kirish orqali siz qayta ishlashga rozilik bildirasiz Shaxsiy malumot

Yana ko'ring