Хorijiy mamlakatlardan olib kelingan turist uchun rag‘batlantiruvchi subsidiyalar berish TARTIBI tasdiqlandi

30.04.2024 208

Turoperatorlar tomonidan turistik oqim past bo‘lgan xorijiy mamlakatlardan olib kelingan har bir turist uchun rag‘batlantiruvchi subsidiyalar berish TARTIBI tasdiqlandi.

Tanlovning maqsadi - Turoperatorlarni qo‘llab quvvatlash va ularni O‘zbekiston Respublikasiga turistlarni jalb qilish harajatlarini bir qismini qoplash orqali rag‘batlantirishdan iboratdir.

Turistik mahsulotlarni shakllantirish, ilgari surish va realizatsiya qilish yuzasidan turistik faoliyat bilan shug‘ullanadigan yuridik shaxs — O‘zbekiston Respublikasi rezidentilariga 2024-yil 1-yanvardan boshlab 2026-yil 31-dekabrgacha ajratiladi.

Rag‘batlantiruvchi subsidiyalar tanlov asosida tanlab olingan turoperatorlarga ikki tomonlama imzolangan shartnomaga asosan ajratiladi.

Tanlov O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi (keyingi o‘rinlarda – Vazirlik) huzuridagi Turizm qo‘mitasi (keyingi o‘rinlarda – Qo‘mita) tomonidan tashkil etiladi va o‘tkaziladi.

Nizom va tanlovni tashkil qilishga oid hujjatlar asosida tanlovni amalga oshirish uchun Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vaziri buyrug‘iga muvofiq KOMISSIYA (tarkib ham buyruq bilan tasdiqlanadi) tuziladi.

Komissiyasiga Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vaziri rahbarlik qiladi.

Turistik oqim past bo‘lgan xorijiy mamlakatlar ro‘yxati — komissiya tomonidan har yil yakuni bilan tasdiqlanadi.

Turistik oqim past bo‘lgan xorijiy mamlakatlar kesimida har bir turist uchun ajratiladigan mablag‘ (har bir turist uchun rag‘batlantiruvchi subsidiya) komissiya tomonidan belgilanganadi.

Komissiya qarori komissiya tarkibining kamida uchdan ikki qismi ishtirok etganda haqiqiy hisoblanadi (Komissiya qarori ko‘pchilik ovoz olish yo‘li qabul qilinadi. Ovozlar teng bo‘lgan taqdirda komissiya raisining ovozi hal qiluvchi hisoblanadi).

Komissiyaning ishchi organi Qo‘mita hisoblanadi.

Komissiyasi tomonidan tanlov natijalari bo‘yicha tanlab olingan turoperatorlar bilan shartnoma tuzish bo‘yicha qaror qabul qiladi.

Komissiya ishchi organi yig‘ilishi bayonnomalari va qarorlarini tayyorlaydi.

Rag‘batlantiruvchi subsidiya olish uchun tanlovda qatnashish bo‘yicha ariza beruvchilarning yig‘ilishlarda ishtirokini va taqdimotlarini tashkil qiladi.

Qo‘mita, tanlov o‘tkazilishi to‘g‘risida o‘zining rasmiy veb-saytida, shuningdek, “Telegram”, “Facebook” ijtimoiy tarmoqlaridagi sahifalarida va ommaviy axborot vositalarida e’lon beradi.

RAG‘BATLANTIRUVCHI SUBSIDIYAGA NOMZOD TUROPERATORLARGA QUYIDAGI TALABLAR QO‘YILADI:

Turizm sohasida turoperator sifatidagi yetarli tajribaga egaligi;

Turoperator tomonidan ilgari tashkil etilgan loyiha va dasturlarning samaradorligi;

Turoperatorning O‘zbekiston Respublikasiga sayyohlarni jalb qilishga qaratilgan ma’lum bir davlatdagi PR-kampaniyasi bo‘yicha taqdim etilgan marketing strategiyasi va rejalari mavjudligi;

Moliyaviy barqarorlik va turoperator faoliyatining shaffofligi;

Turoperatorning vakillari tomonidan komissiya yig‘ilishida amalga oshiriladigan loyiha bo‘yicha taqdimoti.

Tanlovda ishtirok etish uchun ariza beruvchi – turoperator subsidiya@uzbektourism.uz electron pochta manzili orqali quyidagi ma’lumotlarni Qo‘mitaga yuboradi.

Ommaviy axborot vositalarida tanlov tashkil etish to‘g‘risidagi e’lon joylashtirilgandan keyin 1 oy davomida tashabbuskorlardan hujjatlar qabul qilinadi.

Belgilangan muddatdan kech taqdim etiladigan arizalar ko‘rib chiqilmaydi.

Tashabbuskorlaridan hujjatlar qabul qilish muddati tugagan sanadan yigirma kun davomida tanlov ishtirokchilarining hujjatlari ko‘rib chiqiladi va g‘oliblar aniqlanadi.

TANLOVNI IKKI BOSQICHDA TASHKILLASHTIRADI.

Birinchi bosqich turoperatorning taqdim etilgan loyihalari o‘n kun muddatda o‘rganib chiqiladi va saralanadi (Hujjat topshirish tugagandan keyin).

Ikkinchi bosqich birinchi bosqich yakunlari bo‘yicha saralangan turoperatorlar komissiya huzurida o‘z loyihalari taqdimotini o‘tkazadi va taqdimot natijasi bo‘yicha o‘n kun muddatda baholanadi.

Komissiya tomonidan tanlab olingan turoperatorlar to‘g‘risida qaror qabul qilinadi. Qaror bayonnoma asosida rasmiylashtiriladi.

Tanlov maqsadi va mezonlariga asosan komissiya tomonidan eng maqbul turoperator aniqlanmagan taqdirda qayta (yangidan) tanlov e’lon qilinadi.

Tanlab olingan turoperatorlarga subsidiya ajratish bo‘yicha Qo‘mita va turoperator o‘rtasida rag‘batlantiruvchi subsidiya ajratish shartlari to‘g‘risida shartnoma tuziladi.

Rag‘batlantiruvchi subsidiya shartnomaga asosan qoida tariqasida hisobot yilining birinchi olti oyi yakuni bilan yoki hisobot oyi yakuni bilan ajratiladi.

Iqtisodiyot va moliya vazirligi Qo‘mita tomonidan taqdim etilgan buyurtmanomani uch ish kunida ko‘rib chiqadi va subsidiya miqdorining Davlat byudjeti hisobidan to‘lanadigan qismi bo‘yicha tegishli mablag‘larni Qo‘mitaning shaxsiy g‘azna hisob varaqlariga o‘tkazadi.

Bunda tadbirkorlik subyektlariga subsidiya ajratish uchun Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan Qo‘mitaga belgilangan tartibda shaxsiy g‘azna hisob varaqlari ochiladi.

Mablag‘lar o‘tkazilgandan so‘ng ularni Qo‘mita uch ish kunida tadbirkorlik subyektlarining ularga xizmat ko‘rsatuvchi tijorat banklardagi hisob raqamlariga o‘tkazib beradi.


Izoh

0

Izoh qoldirish

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali kirishingiz kerak:


Tizimga kirish orqali siz qayta ishlashga rozilik bildirasiz Shaxsiy malumot

Shuningdek, oʻqing