Xavfsizlik va O‘zbekiston bo‘ylab sayohatlarning o‘ziga xos jihatlari

“Hujum” fabrikasida Samarqand ipak gilamlari

211

Samarqand - Buyuk Ipak yo‘lining yuragi bo‘lib, azaldan karvon yo‘llari markazida va chorrahasida joylashgan. Bu yerda noyob ipak gilamlarni qadimiy texnologiyalar asosida ishlab chiqarish an’analarining saqlanib qolgani taajjublanarli emas, ular ustalar tomonidan shogirdlariga o‘rgatib kelingan. Agar siz gilam to‘qish jarayonini o‘z ko‘zingiz bilan ko‘rishni istasangiz, “Hujum” fabrikasiga tashrif buyurish Samarqand zaminidagi sayohatingizning eng yorqin taassurotiga aylanishi mumkin.
Samarkand carpets at the Khujum factoryGilamlarsiz Sharqni tasavvur qilish mumkinmi? Azaldan gilamlar farovon va shinam hayotning ramzi bo‘lib kelgan. “Hujum” fabrikasi 1992-yilda tashkil etilgan bo‘lib, bu yerda oddiy qo‘l asboblari - ilmoq va qaychi yordamida qo‘lda to‘qilgan ipak gilamlar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan.

Qadimiy ishlab chiqarish usullari hozirgi kunda ham qo‘llanilmoqda. Bo‘yoqlar tabiiy mahsulotlardan tayyorlanadi. Anor po‘sti, sarsabil poyasi, yong‘oq po‘chog‘i va boshqa tarkibiy qismlar kerakli rang hosil bo‘lishi uchun katta qozonlarda qaynatiladi. Ipak ham faqat tabiiy tolalardan tayyorlanadi. Ularni bo‘yash qo‘lda amalga oshiriladi, faqat shundagina 100 foiz mukammal rang hosil bo‘ladi.
Fabrikada siz bo‘yoq tayyorlash uchun ulkan qozonlarni, ipak qurtining g‘umbagini, maxsus moslamalar va asboblarni va, albatta, ishlab chiqarish jarayonining o‘zini ko‘rishingiz mumkin. Usta gilam tugunlarini qancha ko‘p qilsa, naqsh shuncha murakkab va go‘zal chiqadi. Gilamlar ta’riflab bo‘lmas darajada chiroyli bo‘lib, ulardagi sharqona naqshlar ko‘zni qamashtiradi va buyumga sirlilik baxsh etadi. Naqshlar shunchalik mohirona ishlanganki, go‘yo ular to‘qilmagan, balki bo‘yoqlar bilan chizilgandek, xuddi akvarelda chizilgan rasmlarday ko‘rinadi. Gilamlarda asosan o‘simlik olamiga xos naqshlar ishlatilgan bo‘lib, bu Samarqand gilamlarini geometrik naqshli Buxoro gilamlaridan ajratib turadi.

Fabrikada tajribali hunarmand qizlar mehnat qiladi. Gilam to‘qish murakkab va toliqtiruvchi jarayon bo‘lib, hamma ham uddalay olmaydigan bir xil mexanik ishni bajarishni talab etadi. Samarqand gilamining bir kvadrat santimetriga o‘rtacha 150 ta tugun to‘g‘ri keladi, ba’zan undan ham ko‘proq bo‘ladi. Mohir usta bir daqiqada 25 ta tugun qila oladi, uning ilmoqni qanchalik epchillik bilan ishlatishi esa kishini hayratga soladi.

Ekskursiya davomida sizga fabrikada to‘qilgan eng murakkab va qimmatbaho gilam haqida batafsil ma’lumot beriladi, soxta gilamni asl gilamdan qanday farqlash, nima uchun Samarqand gilamlari fors gilamlari bilan bir qatorda turishi va boshqa ko‘plab qiziqarli ma’lumotlar bilan tanishasiz. “Hujum” fabrikasida siz gilam yaratishning har bir bosqichini ko‘rishingiz mumkin: ipak tolalarini olish jarayonidan tortib, uni o‘rashgacha.

Sharq - nozik masala! Samarqandning butun go‘zalligini to‘liq his qilish, uning o‘ziga xosligi va madaniyatidan bahramand bo‘lish uchun, albatta, “Hujum” gilam fabrikasiga tashrif buyuring.

Xarita

Izoh

0

Izoh qoldirish

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali kirishingiz kerak:


Tizimga kirish orqali siz qayta ishlashga rozilik bildirasiz Shaxsiy malumot

Yana ko'ring