Ichan Qal’a

1350

O‘tmishga tashrif buyurishni xohlaysizmi? Eski ko‘chalarni aylanib o‘tib, haqiqiy tarixiy shaharni ko‘rishni istaysizmi? Bu orzuni haqiqatga aylantirish mumkin, siz ko‘zingiz bilan haqiqiy sharq ertagini ko‘rish  uchun Xivaga – ko‘plab madrasalar, masjidlar, minoralar,  hunarmandchilik ustaxonalari va mehmonxonalari bilan  ochiq-osmon ostidagi  O‘zbekistonning javohiri bo‘lgan Ichan-Qal’a shahriga kelishingiz kerak.

Ichan Kala

Ajablanarli tomoni shundaki, ushbu noyob tarixiy shaharda yilning istalgan vaqtida har bir mehmonni tabassum bilan kutib oladigan, bu yerning barcha ajoyibotlari haqida aytib beradigan quvnoq odamlar yashab ishlashadi.

Shahar devorlari V-VI asrlarda qurilgan. Ichan-Qal’aning aksariyat binolari o‘zining asl qiyofasini saqlab qolgan - tosh bilan qoplangan ko‘chalar, minoralar, masjidlar, madrasalar va xonaqolar, hatto bugungi kunda qurilgan zamonaviy binolar ham mahalliy me’morchilik naqshlari bilan bezatilgan. 30 yil oldin Ichan Qal’a YUNESKOning Jahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan.

Xarita

Onlayn-tur

 

Sharxlar

0

O‘z fikringizni qoldiring

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali kirishingiz kerak:


Kirish orqali siz shaxsiy ma'lumotlarni qayta ishlashga rozilik bildirasiz

Shuningdek ko‘ring