Foto va Video

Ichki va ziyorat turizmini rivojlantirish uchun subsidiyalar ajratiladi

22.12.2021 1769

Turoperator va Turagentlar uchun ajoyib yangilik, endilikda mamlakat bo‘ylab ichki va ziyorat turizmini rivojlantirish maqsadida turistik marshrutlarda aholi uchun yaratilgan turistik xizmatlarning ayrimlari uchun subsidiyalar ajratiladi.

Ushbu qulaylik Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 24-fevraldagi “Ichki va ziyorat turizmini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 100-sonli qarorida keltirib o‘tilgan va qarorning 5-ilovasidagi (O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qilish xarajatlarining bir qismini O‘zbekiston Respublikasi respublika budjetidan qaytarish tartibi to‘g‘risidagi) Nizomga muvofiq turoperator va turagentlarga mahalliy turistlar uchun O‘zbekiston bo‘ylab tashkil etilgan sayohatlarning avia va temir yo‘l chiptalari uchun 15 foiz hamda joylashtirish vositalarining mehmonxona xizmatlari xarajatlarini qoplash uchun 10 foiz miqdorda subsidiya ajratish tartibi belgilangan.

Imkoniyatdan foydalanish ya’ni subsidiya olish maqsadida sayohat tashkilotchisi, Turizm va sport vazirligiga nizomning 3-ilovasida ko‘rsatilgan shaklda har oy yakuni bilan keyingi oyning 15-sanasidan kechiktirmay ariza bilan yozma yoki elektron (info@motas.uz) shaklda quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar:

Ushbu subsidiya berilishi natijasida turizm sohasidagi tadbirkorlik subyektlari va transport korxonalarining faoliyati yaxshilanishiga erishilmoqda.

Shu bilan birga, sayohat tashkilotchisi tomonidan joylashtirish vositalarida mahalliy turistlarga ko‘rsatilgan xizmatlar uchun tuzilgan shartnomalar hamda avia va temir yo‘l chiptalari uchun to‘lov amalga oshirilganligini tasdiqlovchi hujjatlar nusxalari taqdim etilishi orqali turizm sohasida faoliyat olib borayotgan tashkilotlarga davlat tomonidan imtiyozlar yaratib kelinmoqda.

O‘z navbatida, yaratilayotgan imtiyozlar natijasida respublikamiz aholisi uchun ichki sayohatni rivojlantirishga erishilmoqda.

Izoh

0

Izoh qoldirish

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali kirishingiz kerak:


Tizimga kirish orqali siz qayta ishlashga rozilik bildirasiz Shaxsiy malumot

Shuningdek, oʻqing