Foto va Video

“Ipak yo‘lida turizm” – Toshkent xalqaro turizm yarmarkasini autsorsing asosida tashkil etish va o‘tkazish uchun tanlov natijalari e’lon qilindi

15.05.2022 745

Oldin xabar qilganimizdek, 2022-yilning 2-aprelidan 2-may kuniga qadar “Ipak yo‘lida turizm” – Toshkent xalqaro turistik yarmarkasini autsorsing asosida tashkil etish va o‘tkazish yuzasidan tanlov e’lon qilingan edi.

Tanlov natijalarini aniqlash va turli xildagi tadbirlar, festival hamda ko‘rgazmalarni o‘tkazishda tajribasi yuqori bo‘lgan tashkilotlardan kelib tushgan takliflarni o‘rganish bo‘yicha joriy yilning 10-may sanasida O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi huzuridagi “Milliy PR-markazi” DUK tomonidan tanlov bilan bog‘liq ishlarni tashkillashtiruvchi ishchi guruh yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. 

Tanlovga yuborilgan takliflar orasida “THE SAYS LOT” kompaniyasi barcha shartlarni to‘liq qabul qilgani, yarmarkani tashkil etish mexanizmini o‘ylab topgani, reklama kampaniyasini ishlab chiqqani, reklama materiallari uchun kreativ g‘oyalarga ega ekanligi inobatga olindi. Ushbu faktlarga asoslanib, “THE SAYS LOT” kompaniyasi tanlov g‘olibi sifatida tanlandi.

Eslatib o‘tamiz: “Ipak yo‘lida turizm” – Toshkent xalqaro turistik yarmarkasi 2022-yilning 16-18-noyabr kunlari Toshkent shahri, "O'zekspomarkaz" milliy koʻrgazma kompaniyasi hududida bo‘lib o‘tadi.

Izoh

0

Izoh qoldirish

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali kirishingiz kerak:


Tizimga kirish orqali siz qayta ishlashga rozilik bildirasiz Shaxsiy malumot

Shuningdek, oʻqing