Foto va Video

“Ipakyo‘li” ХalqaroTurizmuniversitetining ilk magistrlaridiplomolishdi

18.07.2021 453

Bugun, 18-iyul kuni Samarqand shahrida “Ipak yo‘li” Xalqaro Turizm universitetining birinchi bitiruvchi-magistrlarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Ikki yil davomida turizm sohasidagi 3 ta ta‘lim yo‘nalishi doirasida faoliyat yuritadigan o‘quv dasturlarida o‘qigan 21 nafar bitiruvchilar turizm yo‘nalishi bo‘yicha magistrlik diplomlariga ega bo‘lishdi.

Bitiruvchilarga diplomlarni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari - Turizm va sport vaziri, “Ipak yo‘li” Xalqaro Turizm universiteti rektori- Aziz Abduxakimov topshirdi.

Bosh vazir o‘rinbosari o‘zining qutlov nutqida universitetning xorijiy va O‘zbekistonlik professorlarining bilimi tufayli yurtimizda turizm sohasini rivojlantirishga ko‘maklashadigan professional kadrlarning ahamiyati haqida so‘zladi.

Shuningdek tadbirda Samarqand viloyati hokimining turizmni rivojlantirish bo‘yicha o‘rinbosari Botirjon Nurullaev, O‘zbekistonning yetakchi universitetlari rektorlari, xorijlik mehmonlar va OAV vakillari ishtirok etishdi.

Hujjatlarni universitetga qabul qilish, havola orqali https://univ-silkroad.uz/uz/.

Izoh

0

Izoh qoldirish

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali kirishingiz kerak:


Tizimga kirish orqali siz qayta ishlashga rozilik bildirasiz Shaxsiy malumot

Shuningdek, oʻqing