Veb-portalda texnik ishlar olib borilmoqda!

Iqtisodiy hamkorlik tashkilotiga aʼzo davlatlar rassomlari Oʻzbekistonning qadimiy shaharlarining tarixiy va zamonaviy qiyofasini chizmoqda

29.03.2024 149

O‘zbekiston Respublikasi Turizm qo‘mitasi tashabbusi bilan tashkil etilgan ijodiy safarda Eron, Pokiston, Turkiya, Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, shuningdek, O‘zbekiston rassomlari ishtirok etmoqda.

Kuni kecha rassomlar Samarqandga tashrif buyurishdi.

"Samarqandning qadimiy me’morchiligi –ijodkor uchun bitmas-tuganmas ilhom manbai", – deydi taniqli o‘zbek rassomi Dilorom Mamedova. – "2022-yilda ShHT sammiti arafasida Samarqandda bo‘lib o‘tgan plenerda qatnashganimda, barcha diqqatga sazovor joylarni ziyorat qildim. Lekin bugun men Samarqandni qaytadan kashf etyapman."

Qadimdan Samarqand nafaqat an’analar va madaniyatlar chorrahasi, balki keng ma’noda ijodkorlar uchun boy ilhom manbai bo‘lib kelgan.

Izoh

0

Izoh qoldirish

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali kirishingiz kerak:


Tizimga kirish orqali siz qayta ishlashga rozilik bildirasiz Shaxsiy malumot

Shuningdek, oʻqing