Xavfsizlik va O'zbekiston bo'ylab sayohatlarning o'ziga xos jihatlari

Ispaniya OAV vakillari O‘zbekistonning sayyohlik salohiyati bilan tanishmoqda

15.10.2025 105

O‘zbekistonning turistik salohiyatini Ispaniya Qirolligida keng targ‘ib qilish maqsadida Turizm qo‘mitasi va mamlakatimizning Ispaniya Qirolligidagi Elchixonasi tomonidan “Uzbekistan Airways” AJ hamda Ispaniyaning “EVERCOM” PR-agentligi hamkorligida ispaniyalik ommaviy axborot vositalari vakillari uchun O‘zbekistonga press-tur tashkil etilmoqda.

Ushbu press-turda Ispaniyaning nufuzli ommaviy axborot vositalari vakillaridan iborat jurnalistlar guruhi ishtirok etmoqda. Ular orasida VIAJAR jurnali (veb-sayti 1,9 million doimiy foydalanuvchiga ega), ABC gazetasi (17,8 million doimiy foydalanuvchi), EL ESPAÑOL nashri (ijtimoiy tarmoqlarda 27,76 million obunachiga ega) va LA RAZÓN gazetasi (veb-sayti 8 million doimiy foydalanuvchiga ega) vakillari bor.

Tashrif doirasida jurnalistlarning Samarqand, Buxoro va Toshkent shaharlariga safarlari rejalashtirilgan. Mehmonlar Toshkentda zamonaviy shahar hayoti bilan tanishib, Samarqand va Buxoroda qadimiy me’moriy yodgorliklarni ziyorat etadilar hamda O‘zbekistonning turizm imkoniyatlari bilan yaqindan tanishadilar.

Ushbu loyiha O‘zbekistonning turizm salohiyatini nafaqat Ispaniya Qirolligida, balki butun Yevropa bozorida kengroq tanitish, shuningdek, mamlakatimizning tarixiy, madaniy va gastronomik turizmini targ‘ib etish orqali Ispaniyadan keladigan sayyohlar sonini oshirish maqsadida tashkil etilmoqda.

Shuningdek, oʻqing