Foto va Video

Ispaniyada Al-Xorazmiy buyuk o‘zbek mutafakkiriga bag‘ishlangan kitob nashr etildi

15.09.2021 904

Ispaniyada “Real Liga Naval Espanola” assotsiatsiyasi buyuk o‘zbek mutafakkiri, algebra asoschisi Muhammad Аl-Xorazmiyning hayoti va ijodiga bag‘ishlangan “Al Juarismi - Entre España y Uzbekistán” (“Al Xorazmiy - Ispaniya va O‘zbekiston o‘rtasida”) kitobi nashr etildi deya xabar bermoqda “Dunyo” axborot agentligi.


Noyob nashr muallifi-mashhur olim, matematik, Madridning Complutense universiteti professori, Ispaniya dengiz floti qirollik jamiyati a'zosi Alfredo Surroka.

Kitob Al-Xorazmiy fanning turli sohalaridagi ilmiy kashfiyotlari: nazariy va amaliy astronomiya, matematika, tarix va geografiya haqida hikoya qiladi.

Muallif Al-Xorazmiy butun dunyoni birinchi bo‘lib arab raqamlari bilan tanishtirganini, algebraning asoschisi va birinchi arab astronomik, geografik va tarixiy risolalarining muallifi ekanligini qayd etgan.

Al-Xorazmiy tufayli Yevropa o‘nlik sanash tizimi va sonlar nima ekanligini bilib oldi, algebra va algoritm atamalari uning nomi va ilmiy kitob nomidan kelib chiqqan.

Xususan, Al-Xorazmiyning “Kitob Muqtasab Al-jabr val-muqobala”-“Tiklash va qarama qarshi qo‘yish haqida muxtasar kitob” algebraga oid asari o‘rta asrlarda g‘arbning yevropa universitetlari talabalari uchun shunday mashhurlikka ega bo‘ldiki, u bir necha asrlar davomida klassik matematik qo‘llanma bo‘lib xizmat qildi.

Matematika faniga va uni ommalashtirishga qo‘shgan ulkan hissasi uchun jahon ilmiy jamoatchiligi al-Xorazmiyni haqli ravishda “Algebraning otasi” deb atadi.

Ispaniyaning “Al Xorazmiy - Ispaniya va O‘zbekiston o‘rtasida” nashri al -Xorazmiy tomonidan olti turdagi kvadratik va chiziqli tenglamalarning hisob -kitobi hamda ularni hal qilish usullari haqida bizning davrimizda haligacha amalda qo‘llanib kelinmoqda.

Nashr O‘zbekistonning Ispaniyadagi elchixonasi ko‘magida nashr etilgan bo‘lib, u talabalar, aspirantlar, ilmiy va akademik doiralar uchun hamda ispan tilidagi kitobxonlarning keng qatlami uchun mo‘ljallangan.

Izoh

0

Izoh qoldirish

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali kirishingiz kerak:


Tizimga kirish orqali siz qayta ishlashga rozilik bildirasiz Shaxsiy malumot

Shuningdek, oʻqing