Foto va Video

Keksalar turizm oyligida yaratilgan qulayliklar va imtiyozlar

04.11.2021 1355

2021-yilning noyabr oyi O‘zbekistonda “Keksalar uchun turizm oyligi” deya e’lon qilinganligi munosabati bilan hududlarda joylashtirish vositalari va umumiy ovqatlanish maskanlaridagi xizmatlar uchun ixtiyoriy chegirmalar qulayligi yaratildi.Keksalar oyligini munosib o‘tkazish, keksa yoshdagi sayohatchilarimizning dam olishlarini maroqli tashkil etish hamda ichki turizmni rivojlantirish maqsadida Respublikadagi 223 ta joylashtirish vositasi (mehmonxonalar va mehmon uylari) xizmatlari uchun - 50 foizgacha, 204 ta umumiy ovqatlanish maskanlaridagi xizmatlar uchun 20 foizgacha ixtiyoriy chegirmalar joriy etilgan.

“Keksalar uchun turizm oyligi”da 60 yoshdan yuqori erkaklar va 55 yoshdan yuqori bo‘lgan ayollar uchun Respublika ichidagi aviaqatnovlar uchun 1-30-noyabr kunlari ekonom va biznes toifalari uchun joriy narxlarga 25 foiz miqdorda ixtiyoriy chegirmalar joriy etilgan.Ixtiyoriy chegirmalar o‘tkazishda, “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ tomonidan mamlakat ichidagi amaldagi tariflarga 10 foiz miqdorda hamda “Uzautotrans Service” MCHJ tomonidan mahalliy yo‘nalishlarda qatnovchi avtobus chipta narxlariga 10 foiz miqdorda ixtiyoriy chegirmalar kabi qulayliklar keksa yoshdagi sayohatchilar uchun yaratilgan.Shuningdek, keksalarni ziyoratgoh va madaniy meros obyektlariga kirish uchun O‘zbekiston Musulmonlar idorasi huzuridagi “Vaqf” xayriya jamoat fondi tomonidan Toshkent shahri, Samarqand va Xorazm viloyatlaridagi 6 ta ziyoratgohga nafaqa va keksa yoshdagi fuqarolar uchun 50 foiz miqdorida chegirmalar hamda Madaniy meros agentligi tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Buxoro, Qashqadaryo, Samarqand, Sirdaryo va Xorazm viloyatlaridagi 24 ta madaniy meros obyektlariga kirish uchun 20 foiz miqdorda chegirmalar joriy etilgan.

Izoh

0

Izoh qoldirish

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali kirishingiz kerak:


Tizimga kirish orqali siz qayta ishlashga rozilik bildirasiz Shaxsiy malumot

Shuningdek, oʻqing