Foto va Video

Ko‘kaldosh madrasasi

13416

Chorsu maydoni atrofida Toshkentning eng katta islomiy diqqatga sazovor joylaridan biri – Ko‘kaldosh madrasasi qad ko‘targan. Mazkur inshoot allaqachondan beri poytaxtning qadimiy qismlarining namunasi sifatida xizmat qilib kelmoqda. 10-asrda bu yerda mashhur shahar darvozalaridan biri joylashgan.

Madrasa Toshkentda Shayboniylar sulolasi hukmronlik qilgan davrda, XVI asrda qurilgan. Qurilishga “ko‘kaldosh” nomli, yaʼni “emikdosh uka” nomi bilan mashhur bo‘lgan bosh vazir rahbarlik qilgan. U Toshkent hukmdorlari Baroqxon va Darvishxonlarning ishonchli yaqinlaridan bo‘lgan. Madrasaning nomi shunday kelib chiqqan.

Madrasaning faoliyati bilan ko‘pgina afsonalarni bog‘lashadi. Hududdagi yoshi katta qariyalarning so‘zlariga ko‘ra, ilgari madrasa hududida ommaviy qatllar o‘tkazilgan. Xiyonatkor ayollarni sharmanda qilish uchun hamda mahalliy aholiga ibrat bo‘lishi uchun eng baland minoradan uloqtirilardi. Boshqa bir afsonaga ko‘ra, madrasaning gumbazlaridan birida yoyilib o‘sgan pista daraxti muqaddas hisoblangan.

Madrasaning ichki devorlaridan birida qadimgi Rim maqoli – “Ars longa - vita brevia”ga o‘xshash yozuvni ko‘rishimiz mumkin: “O‘lim- muqarrar, ammo inson yaratgan mehnat abadiy qoladi”.

Bugungi kunda Ko‘kaldosh madrasasi poytaxtning eng yirik meʼmoriy yodgorliklaridan biridir. Pishgan g‘ishtdan qurilgan baland bino musulmon diniy muassasalari tamoyiliga binoan qurilgan: katta ichki hovli – hujra va sinf xonalari bilan o‘ralgan. Binoning old qismi, kirishdagi peshtoqning balandligi deyarli 20 metrni tashkil etadi, bu yerda anʼanaviy o‘yilgan ayvonlarning ikki tomonida burchak minoralari joylashgan. Binoning derazalarida quyoshdan himoyalovchi panjara ishlatiladi, u yerda har qanday mo‘min uchun muqaddas bo‘lgan Olloh va uning payg‘ambari Muhammad ismi yozilgan o‘yma naqshlar ko‘rinadi.

Madrasa o‘zining butun tarixi davomida ko‘plab voqealarning guvohi bo‘lgan, bu ichki urushlar va falokatlar, madrasa zilzila tufayli bir necha bor vayron qilingan, karvonsaroy ham shu yerda bo‘lgan, XIX asrda bu bino Qo‘qon xonlarining qarorgohi bo‘lib xizmat qilgan. Bu yerdan toshkentlik isyonchilarga qarata to‘plardan o‘q otilgan. Ko‘kaldosh binosi juda ko‘p narsalarni ko‘rgan.

Mustaqillik yillarida Toshkent ustalarining kuchi bilan Ko‘kaldosh madrasasi to‘liq taʼmirlandi. Va madrasaga diniy muassasa maqomini qaytarishga qaror qilindi.

Bugun bu yerda musulmonlarni namozga chaqiruvchi muazzinlarning azon o‘qigan ovozlarini eshitish mumkin, hujralarda esa talabalar uchun darslar va turli xil diniy marosimlar o‘tkazilmoqda.

Onlayn sayohat

 

Izoh

0

Izoh qoldirish

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali kirishingiz kerak:


Tizimga kirish orqali siz qayta ishlashga rozilik bildirasiz Shaxsiy malumot

Yana ko'ring