Londondagi “Uzbek culture” festivalida Oʻzbekiston milliy stendi namoyish etiladi

30.04.2023 207

Turistik kompaniyalar diqqatiga!

2023-yilning 17-18-iyun kunlari Buyuk Britaniyaning London shahrida boʻlib oʻtadigan “Uzbek culture” xalqaro festivalida ishtirok etishga shoshiling. Festival doirasida Oʻzbekiston milliy stendi ham namoyish etiladi.

Ishtirok etish uchun fair@nationalprcenter.uz elektron manzili yoki +998781290990 telefon raqami orqali murojaat eting.

Arizalar 2023-yil 1-may kuniga qadar qabul qilinadi.

Ma'lumot uchun: Festival O‘zbekiston Madaniyat va turizm vazirligi, O‘zbekistonning Buyuk Britaniyadagi elchixonasi hamkorligida “Oshpaz” jamoasi hamda “Vatandoshlar” jamoat fondi, shuningdek, Buyuk Britaniyadagi o‘zbek diasporasi bilan hamkorlikda o‘zbek san’ati, madaniyati, an’analari bilan yaqindan tanishish, qadriyatlarimizni keng targ‘ib qilish, xalqimiz madaniyatini yuksaltirish, milliy madaniyatimizni mustahkamlash, milliy madaniyatimizni mustahkamlash maqsadida tashkil etilmoqda.  

Izoh

0

Izoh qoldirish

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali kirishingiz kerak:


Tizimga kirish orqali siz qayta ishlashga rozilik bildirasiz Shaxsiy malumot

Shuningdek, oʻqing