Foto va Video

Lonely Planet 2020-yilda O‘zbekistonga tashrif buyurishni tavsiya qiladi

1254

"Lonely Planet" xalqaro sayyohlik nashri 2020-yilda sayohat uchun mamlakatlarning top-reytingini e’lon qildi. Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, birinchi o‘rinni Buyuk Ipak yo‘lidagi Markaziy Osiyo mamlakatlari: O‘zbekiston, Tojikiston va Qirg‘iziston egallagan.Lonely Planet turistlar uchun sayohat qo‘llanmalarini chiqarishga ixtisoslashtirilgan eng ommabop nashriyotlaridan biridir. Ushbu nashriyotning asosiy tili – ingliz tilidir. U 1972-yilda tashkil etilgan bo‘lib, 300ga yaqin mualliflariga ega. Bosh ofisi Avstraliyada joylashgan.

Buyuk Ipak yo‘lining chorrahasida joylashgan Markaziy Osiyo mintaqasi ko‘p asrlar ilgari mashhur savdo yo‘li bo‘lib, endi yana dunyoning turistlari diqqat markazida bo‘lmoqda.

“Markaziy Osiyoning qadimiy shaharlari, gullab-yashnayotgan bozorlari va tabiat manzaralari landshaftlari tarixiy va sayyohlik yo‘nalishlardan biri bo‘ylab sarguzashtlarni izlayotgan sayyohlarni tobora ko‘proq jalb qilmoqda. Endi Qirg‘iziston, Tojikiston va O‘zbekiston dunyoning aksariyat fuqarolari uchun mamlakatga vizasiz kirish yoki elektron vizalarni taklif qilmoqda; mintaqada ushbu mamlakatlar ichida yagona "Ipak yo‘li" vizasini yaratish rejalashtirilgan. Shu bilan birga, asosiy transport va infratuzilma sarmoyalarining  aksariyati Xitoyning "Bir kamar – bir yo‘l" loyihasi qo‘yilmalari bo‘lib, zamonaviy Ipak yo‘li bo‘ylab sayohatni har qachongidan ham osonlashtirmoqda", – deb yozadi gazeta.

Izoh

0

Izoh qoldirish

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali kirishingiz kerak:


Tizimga kirish orqali siz qayta ishlashga rozilik bildirasiz Shaxsiy malumot

Yana ko'ring