Buyuk Britaniyaning nufuzli sayyohlik jurnali “Lonely Planet” saytida “O‘zbekistonning Farg‘ona vodiysi bo‘ylab yangi tashrif buyuruvchilar uchun yo‘riqnoma” sarlavhali maqola e’lon qilindi.
Maqola muallifi Paula Xotti o‘quvchilarni Farg‘ona vodiysi bilan tanishtirib, uning sayohat qilish, jumladan, tarixiy va madaniy yodgorliklarni ziyorat qilish uchun noyob imkoniyatlarini ochib beradi. Hududning qadimiy shaharlari, ko‘p asrlik hunarmandchilik san’ati an’analari rivojlangan ustaxonalar haqida batafsil ma’lumot beradi.
Nashrda qayd etilishicha, Farg‘ona vodiysi nafaqat madaniy boyligi, balki go‘zal manzaralari bilan ham hayratga soladi. Hudud azaldan O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi va madaniyatining markazi bo‘lib, paxta, meva va ipak xomashyosi yetishtiriladigan yashil dalalari bilan mashhur. Andijon va Marg‘ilon kabi shaharlar zamonaviy bo‘lishiga qaramay, vodiyda qadimiy an’analar muhiti, ayniqsa, Rishton kulolchilik san’ati va Marg‘ilon ipak fabrikalarida saqlanib qolgan.
Paula Xotti sayyohlarga xarajatlarni rejalashtirish uchun transport yo‘nalishlari, mahalliy taomlar, tovarlar va xizmatlar narxlari haqida ma’lumot berdi. U, shuningdek, hududning xavfsizligini alohida ta’kidlab o‘tdi.
Ish vaqti: 9:00-18:00, Du-Ju
Savollar uchun
Izoh