Madriddagi “FITUR 2023” ko'rgazmasida Oʻzbekiston milliy stendi namoyish etiladi

01.11.2022 171

Turistik kompaniyalar diqqatiga!

2023-yilning 18-22-yanvar kunlari Ispaniyaning Madrid shahrida boʻlib oʻtadigan “FITUR 2023” xalqaro turizm koʻrgazmasida ishtirok etishga shoshiling. Ko'rgazmada Oʻzbekiston milliy stendi ham namoyish etiladi.

Ishtirok etish uchun fair@nationalprcenter.uz elektron manzili yoki +998781290990 telefon raqami orqali murojaat eting.

Arizalar 2022-yil 1-dekabr kuniga qadar qabul qilinadi.

Ma'lumot uchun:  FITUR - bu global turizm mutaxassislari uchun yilning birinchi tadbiri hamda Lotin Amerikasidagi kirish va chiqish bozorlari uchun yetakchi ko‘rgazma. 

Izoh

0

Izoh qoldirish

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali kirishingiz kerak:


Tizimga kirish orqali siz qayta ishlashga rozilik bildirasiz Shaxsiy malumot

Shuningdek, oʻqing