Veb-portalda texnik ishlar olib borilmoqda!

Malayziyada “O‘zbekiston – Islom sivilizatsiyasi markazi” fotoko‘rgazmasi tashkil etiladi

24.02.2023 522

1-mart kuni Malayziyaning Kuala-Lumpur shahridagi “Malayziya Islom sanʼati” muzeyida “O‘zbekiston – Islom sivilizatsiyasi markazi” fotoko‘rgazmasi ochiladi.

Ko‘rgazmada so‘nggi ikki ming yil davomida hozirgi O‘zbekiston hududida rivojlangan Islom tarixi, madaniyati va turli tamaddunlarga xos osori atiqalar, qadimiy va boy madaniy me’ros durdonalarining suratlari va ma’lumotlari namoyish etiladi. Shuningdek, Islom dinining Markaziy Osiyoda tarqala boshlaganidan to hozirgi kunga qadar fan, taʼlim va arxitektura sohalariga qoʻshgan hissasi ham o‘z ifodasini topadi. Ko‘rgazmagi aksariyat suratlar Islom dini hamda Samarqand, Buxoro, Xiva, Toshkent, Nasaf va Termiz kabi qadimiy shaharlarning mushtarakligini vizual tarzda aks ettiradi.


Qayd etish joizki, ko‘rgazmaga tashrif buyurganlar Buyuk Ipak yo‘lidagi o‘zaro madaniy aloqalar, ming yillik Movarounnahr diyori, o‘zbek xalqining qadimiy tarixi va madaniyati, san’ati, me’morchiligi, urf-odatlari, turmush tarzining barcha jabhalari bilan yaqindan tanishish imkoniga ega bo‘lishadi.


Tadbirdan maqsad – Malayziya fuqarolarini mamlakatimizning madaniy va turizm salohiyati hamda jozibardor madaniy me’rosi bilan yaqindan tanishtirish hamda ushbu mamlakatdan tashrif buyuruvchi sayyohlar sonini yanada oshirishdir.


Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va turizm vazirligi, Oʻzbekiston Islom sivilizatsiyasi markazi hamda mamlakatimizning Kuala-Lumpur shahridagi elchixonasi tomonidan Malayziya Islom sanʼati muzeyi bilan hamkorlikda tashkil etiladigan ko‘rgazma 27-aprelga qadar davom etadi.

Ma’lumot uchun, Malayziya Islom san’ati muzeyi 1998-yilda tashkil etilgan. U Janubi-Sharqiy Osiyodagi Islom san’ati va tarixiga bag‘ishlangan eng katta muzey hisoblanib, maydoni 30 ming kv. metrni tashkil etadi. 2022-yilda muzeyga 120 mingga yaqin ziyoratchi tashrif buyurgan.

Izoh

0

Izoh qoldirish

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali kirishingiz kerak:


Tizimga kirish orqali siz qayta ishlashga rozilik bildirasiz Shaxsiy malumot

Shuningdek, oʻqing