Joriy yilning 1-3-sentyabr kunlari Malayziya poytaxti Kuala-Lumpur shahrida bo‘lib o‘tgan “MATTA Fair 2023” 35-xalqaro turim yarmarkasida O‘zbekiston delegatsiyasi mamlakatimiz milliy stendini namoyish etganligi to‘g‘risida avvalroq xabar bergan edik.
Milliy PR-markazi va O‘zbekistonning Malayziyadagi elchixonasi vakillari Matta Fair kompaniyasi prezidenti Nayjel Vong bilan rasmiy uchrashuv o‘tkazdilar. Ushbu samarali uchrashuv davomida kelgusida Malayziya bozorida O‘zbekistonni targ‘ib qilish bo‘yicha loyihalar, jumladan, Malayziya sayyohlik kompaniyalari uchun infotur tashkil etish, MATTA onlayn maydonchalarida O‘zbekistonning didjital targ‘iboti, Kuala-Lumpurda o‘zbek sayyohlik kompaniyalari uchun B2B uchrashuvlari va taqdimotlarini tashkil etish kabi loyihalar muhokama qilindi.
Shuningdek, rasmiy uchrashuv chog‘ida “Matta fair” tashkiloti bilan har yili yuqori saviyada tashkil etiluvchi, markaziy Osiyodagi yirik turizm tadbiri bo‘lgan Toshkent xalqaro turizm yarmarkasi-2024 da ishtirok etish kabi lahzalar ham muhokama qilindi.
Xalqaro yarmarka doirasida Koreya turizm tashkiloti, Tayvan turizm byurosi, Filippin turizmni targʻib qilish kengashi, Turkiya Respublikasi Elchixonasi, Yaponiya milliy turizm tashkiloti kabi turizm boʻyicha davlat tashkilotlari va marketing kompaniyalari bilan uchrashuvlar oʻtkazildi.
Ta’kidlash joizki, ushbu yarmarka malayziyaliklar va xorijlik mehmonlar uchun mamlakatimizning boy tarixi, san’ati, oshxonasi va mehmondo‘stligini chuqurroq anglash va baholashga hissa qo‘shgan holda O‘zbekistonning madaniy merosi bilan tanishish uchun ajoyib imkoniyat yaratdi.
Ish vaqti: 9:00-18:00, Du-Ju
Savollar uchun
Izoh