Xalqaro Turizm Akademiyasi Les Roches bilan hamkorlikda Mehmonxona biznesini boshqarish dasturini ishga tushirayotganini mamnuniyat bilan e’lon qiladi.
Les Roches – mehmondoʻstlik sohasida ta’lim beruvchi dunyo yetakchisi boʻlib, o‘zining boy tajribasi va innovatsion o‘qitish usullarini Akademiyaga tatbiq etadi. Dastur bitiruvchilari UN Tourism hamda Les Roches tomonidan e’tirof etilgan sertifikatlarga ega bo‘ladilar, bu esa ularga mehmonxona biznesida muvaffaqiyatli karyera qurish imkoniyatini beradi.
Akademiyaning ta’lim dasturlari keng doirada turizm sohasiga endigina qadam qo‘yganlarga hamda malakasini oshirishni xohlagan soha mutaxassislari uchun mo‘ljallangan. Nazariy bilimlardan tashqari, talabalar xususiy sektordagi hamkorlarimizda amaliyot o‘tash imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
Ta’lim va kasbiy tayyorgarlikka investitsiya kiritish orqali Akademiya mehmondo‘stlik sohasida yangi avlod yetuk mutaxassislarini tayyorlashga intiladi. Ular nafaqat tarmoq rivojiga, balki mahalliy jamoalar taraqqiyotiga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatib, mintaqaviy va global kontekstda barqaror taraqqiyotning asosiy harakatlantiruvchi kuchiga aylanishadi.
Ish vaqti: 9:00-18:00, Du-Ju
Savollar uchun
Izoh