2023 yil 27 iyulda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan qabul qilingan “Turizm yo‘nalishidagi islohotlarni yanada jadallashtirish va sohada davlat boshqaruvi tizimini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-238-son qarori ijrosini ta’minlash, shuningdek, turizm sohasidagi tadbirkorlik sub’ektlarini davlat tomonidan moliyaviy qo‘llab-quvvatlash tizimini joriy etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi 2024 yil 7 sentyabrdagi 550-son qarori tasdiqlandi.
Vazirlar Mahkamasi qaroriga ko‘ra, investorlarga yangi mehmonxonalarni qurish va jihozlash uchun subsidiyalar ajratilmoqda. Ushbu subsidiyalar, franchayzing to‘g‘risidagi shartnoma asosida tashkilotlarni qisman moliyalashtirish imkoniyatini ham o‘z ichiga oladi. Investorlar, shuningdek, dunyoning taniqli mehmonxona brendlari bilan hamkorlik qilib, royalti xarajatlarini davlat budjeti hisobidan moliyalashtirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
Shu bilan birga, toifasi (yulduz) bo‘lmagan joylashtirish vositalari uch va undan yuqori toifa (yulduz) olganida muvofiqlik sertifikatini rasmiylashtirish bo‘yicha xarajatlar Turizmni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan qoplanadi.
Qurilish va foydalanishga topshirilgan mehmonxonalar uchun, agar xonalar soni 50 va undan yuqori bo‘lsa, ularning qurilish va jihozlash xarajatlarining bir qismini davlat budjetidan moliyalashtirish tartibi ham belgilab qo‘yilgan.
Ushbu choralar investorlar uchun yangi imkoniyatlar yaratib, mamlakatdagi turizmni rivojlantirishga katta ta’sir ko‘rsatadi. Davlat tomonidan ko‘rsatilayotgan moliyaviy qo‘llab-quvvatlash, o‘z navbatida, turizm infratuzilmasini mustahkamlash va ish o‘rinlari yaratishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Tadbirkorlar uchun aniq moliyaviy shartlar taklif etilishi, O‘zbekistonning global turistik jahondagi raqobatbardoshligini oshirishga xizmat qiladi. Shu bilan birga, davlat tomonidan mehmonxona xo‘jaligini qo‘llab-quvvatlash, mehmonlarning mehmonxonadagi xizmatlardan foydalanishini osonlashtiradi va mamlakatning iqtisodiy rivojlanishini ta’minlaydi.
Manba: Uzbektourism.uz
Ish vaqti: 9:00-18:00, Du-Ju
Savollar uchun
Izoh