Xavfsizlik va O‘zbekiston bo‘ylab sayohatlarning o‘ziga xos jihatlari

Belorussiyada bo‘lib o‘tadigan nufuzli "ОТДЫХ" xalqaro turizm ko‘rgazmasida ishtirok etishga shoshiling!

20.01.2025 154

27-Xalqaro turistik xizmatlar ko‘rgazma-yarmarkasi “ОТДЫХ” “Turizm va hordiq” turkumi bo‘yicha Belorussiyadagi eng yirik sayyohlik ko‘rgazmasi bo‘lib, dunyoning turli mamlakatlari, mintaqalari va sayyohlik kompaniyalari uchun o‘z xizmatlarini taqdim etadigan xalqaro biznes platformasi hisoblanadi. 

Ko‘rgazma ishtirokchilari va tashrif buyuruvchilari jahon turizm assotsiatsiyalari vakillari yangi mijozlar va hamkorlar topish, biznes-dasturning noyob tadbirlarida soha tendensiyalari bilan tanishish imkoniga ega. Bu sayyohlik marshrutlarini reklama qilish, yangi turlar, eski hamkorlar bilan uchrashuvlar va yangi biznes aloqalarini o'rnatish uchun samarali biznes platforma hisoblanadi.

Qo'shimcha ma'lumot olish uchun fair@nationalprcentre.com elektron manzili yoki +998781290990 telefon raqamlari orqali bog‘lanishingiz mumkin.

Sana:  2025-yil 27-29-mart

Ariza topshirish muddati: 2025-yil 21-fevralgacha

Onlayn ariza yuborish: https://uzbekistan.travel/uz/vt/otdyh-2025-v-minske/

Izoh

0

Izoh qoldirish

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali kirishingiz kerak:


Tizimga kirish orqali siz qayta ishlashga rozilik bildirasiz Shaxsiy malumot

Shuningdek, oʻqing