Moskvadagi “MITT 2023” ko'rgazmasida Oʻzbekiston milliy stendi namoyish etiladi

05.01.2023 176

Turistik kompaniyalar diqqatiga!

2023-yilning 16-18-mart kunlari Rossiyaning Moskva shahrida boʻlib oʻtadigan “MITT 2023” xalqaro turizm koʻrgazmasida ishtirok etishga shoshiling. Ko'rgazmada Oʻzbekiston milliy stendi ham namoyish etiladi.

Ishtirok etish uchun fair@nationalprcenter.uz elektron manzili yoki +998781290990 telefon raqami orqali murojaat eting.

Arizalar 2023-yil 1-fevral kuniga qadar qabul qilinadi.

Ma'lumot uchun: 

MITT - Moskvada oxirgi 29 yil mobaynida o‘tkazib kelinayotgan turizm va mehmondo‘stlik sanoati xalqaro ko‘rgazmasi. U xalqaro hamjamiyat tomonidan turizm va mehmondo‘stlik sanoatidagi biznes masalalarini hal qilish uchun samarali B2B tadbir sifatida e‘tirof etilgan. Har yili MITT Rossiya mintaqalari va dunyoning turli mamlakatlaridan turizm sohasi mutaxassislarining eng yirik hamjamiyatini birlashtiradi.

Izoh

0

Izoh qoldirish

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali kirishingiz kerak:


Tizimga kirish orqali siz qayta ishlashga rozilik bildirasiz Shaxsiy malumot

Shuningdek, oʻqing