Foto va Video

Moskvadagi “Отдых. Leisure-2023” forumi-ko'rgazmasida O‘zbekiston delegatsiyasi ishtirok etmoqda

12.09.2023 331

2023-yil 12-14-sentyabr kunlari Moskva shahrida “Отдых. Leisure-2023” forum-ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tmoqda. Moskvaning yirik “Eskpomarkaz” markaziy ko‘rgazma kompleksida O‘zbekiston delegatsiyasi mamlakatimiz milliy stendini namoyish etmoqda.

O‘zbekiston delegatsiyasining “Отдых. Leisure-2023” forum-ko‘rgazmasidagi ishtiroki Turizm qo‘mitasi huzuridagi “Milliy PR-markazi” davlat unitar korxonasi vakillari tomonidan tashkil etildi.Milliy stendimizni namoyish etuvchi delegatsiya tarkibi “Milliy PR-markazi” mutaxassislari, O‘zbekistondagi “Timur way tour”, “Sanat travel”, “Malva tour” kabi mahalliy turistik kompaniyalar vakillaridan iborat bo‘lib, ular mashhur yo‘nalishlar bo‘yicha o‘zlarining eng yaxshi takliflarini taqdim etadilar, barcha sektor va segmentlarda turizmni rivojlantirish strategiyasi va dasturlari bo‘yicha tajriba va fikr-mulohazalar almashadilar.

Xalqaro forum-ko‘rgazma davomida O‘zbekiston delegatsiyasi vakillari tomonidan tadbir ishtirokchilari va ishbilarmonlar doirasini joriy yilning noyabr oyida Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan TXTY-2023 Toshkent xalqaro turizm yarmarkasida ishtirok etish shartlari bilan tanishtirish rejalashtirilgan.

Izoh

0

Izoh qoldirish

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali kirishingiz kerak:


Tizimga kirish orqali siz qayta ishlashga rozilik bildirasiz Shaxsiy malumot

Shuningdek, oʻqing