Foto va Video

Najmiddin Kubro - jasorat va oliyjanoblik namunasi

9521

Ko‘rdimki, vaqtini “esiz”, “qaniydi”,

“koshkiydi”lar bilan o‘tkazgan kishining

umri eng qisqa umr ekan...

Najmiddin Kubro

Qadimgi Xiva – qadim o‘tmishdan aks-sado beruvchi shahar-muzey. Xorazm madaniyatining bu qadimiy markazi devorlarida qanchadan qancha rivoyat va afsonalarlar saqlanib qolgan. Xiva umrining so‘nggi kunlarigacha Chingizxon qo‘shinlariga qarshi kurashgan buyuk dinshunos va din peshvosining vatani bo‘ldi.
Shayx Najmiddin Kubro 1145-yilda Xivada tug‘ilgan. Yoshligidan hadis va kalom ilmlarini o‘rgangan, Misr, Tabriz, Hamdonda tahsil olgan. Vataniga qaytgach, diniy faoliyat bilan faol shug‘ullanadi, Urganchda “Kubraviya” birodarligiga asos soladi, arab va fors tillarida tasavvufga oid she’r va risolalar yozadi.

Uning iste’dodli shoir, buyuk vatanparvar ekanligiga shubha yo‘q. Uning asarlarini mutaola qila turib borliqni anglaysiz. Uning tug‘ilib o‘sgan Xorazm o‘lkasi uchun qilgan ishlari, ko‘ngilga ta’sir qilmay qolmaydi.

Chingizxon Xorazmga bostirib kirgan vaqt, shayx Urganchda edi. Najmiddin Kubro nomi qadimgi Xorazm chegaralaridan tashqarida ham ma’lum bo‘lgan davr edi. Chingizxon uning juda yaxshi inson ekanligini allaqachon eshitgan edi. Bosqinchi, shayx va uning oilasiga shaharni tark etishni taklif qiladi. Biroq Kubro qat’iy rad javobini berdi: “Men bu shaharda ko‘p yillar mobaynida yashayman va har bir jon men uchun aziz. Ushbu og‘ir kunlarda men ularni tark eta olmayman». Shundan keyin shafqatsiz zolim shaharga hujum qilishga qaror qiladi.
Najmiddin Kubro dushman bilan jangga kirishdan oldin do‘stlari va ustozlarini shaharni tark etishni so‘raydi. Kubro o‘zining fidoyi shogirdlari – quroldoshlari bilan mo‘g‘ul qo‘shinini oxirigacha qaytarishga harakat qiladi, jang mobaynida ikki marta yaralangan. Birinchi jarohatdan keyin shayx chopon kiyib, yara izlarini yashirishga urinadi. Ikkinchi jarohatdan so‘ng Kubro o‘qni o‘z qo‘li bilan ko‘ksidan chiqarib, osmonga uchirdi va Alloh taologa xitob qildi: “Agar menga yaxshilik qilsang, meni do‘stdek bilishni istasang, rahmating menga yetadi. lekin najot so‘rab senga murojaat qilsam, mening erkaklik nomusim qayerda qoladi?!”Najmiddin Kubro kurashni davom ettirdi. Mo‘g‘ullar qo‘liga tushganda ham dushman bayrog‘ini qo‘lidan qo‘yib yubormadi. Mo‘g‘ullar bayroqlarini qaytarib olish uchun shayxning barmoqlarini shafqatsizlarcha kesib tashlashdi.

Najmiddin Kubro so‘nggi nafasigacha Urganchda oddiy xalq bilan yonma-yon kurashdi. Hamma narsa oldindan belgilab qo‘yilgandek tuyuldi, chunki “Kubroviya” tariqatining asosi mo‘g‘ullarning dushmanlariga nisbatan o‘ta nafratdir. Najmiddin Kubro chinakam vatanparvarlik, oliyjanoblik va halollikning yorqin namunasi bo‘ldi. Kubro bugungi kungacha buyuk avliyo va ayniqsa hurmatli shayx bo‘lib qolmoqda.

Izoh

0

Izoh qoldirish

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali kirishingiz kerak:


Tizimga kirish orqali siz qayta ishlashga rozilik bildirasiz Shaxsiy malumot

Yana ko'ring