Veb-portalda texnik ishlar olib borilmoqda!

“Nas Daily” jamoasi Orol dengizi haqidagi filmni taqdim etdi

17.07.2021 540

FFBirlashgan Arab Amirliklari mashhur bloger-millioneri Nasuer Yasin va uning “Nas Daily” jamoasining O‘zbekistonga sayohati haqida birinchi videoroligi chiqdi.

Ushbu video orqali u Orol dengizi tarixi va muammosi haqida so‘zlab berdi va ushbu mintaqaning hayratomuz manzaralarini namoyish etdi.

Sizni “Nas Daily” jamoasi tomonidan bloger obunachilarida katta qiziqish va ijtimoiy tarmoqlarda qizg‘in munozaraga sabab bo‘lgan ta’sirchan filmni tomosha qilishga taklif etamiz.

“Men buni ko’rish uchun 5 soat uchdim!! Siz ilgari bu haqda eshitmagansiz. Lekin, albatta, buni ko‘rishga arziydi deb o‘ylayman. Orol dengizi dunyodagi to‘rtinchi yirik ko‘l edi. Va hozir? Cho‘l. Tabiat muvozanatsiz bo‘lganda, shunday bo‘ladi”, - deb yozadi Nasuer o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.

Yaqin Sharq va Osiyo mamlakatlari haqida yozayotgan taniqli sayyohlik blogeri Nasuer Yasin, Isroil davlati hududida falastinlik muhojir oilasida tug‘ilgan. 2016- yilda u BAAda o‘zining “Facebook” sahifasida “Nas Daily” media kompaniyasiga asos soldi. Bugungi kunda kompaniyaning “Facebook”, “Instagram” va “Tik Tok” ijtimoiy tarmoqlarida 35 milliondan ortiq obunachilari bor. 2019-yilda Nasuer Yasinning “60 soniyada dunyo bo‘ylab:” “Nasning kunlik sayohati” nomli xotirasi nashr etildi. 2020-yilda Yasin “Nas Studios” videostudiyasini yaratdi.

Joriy yilning 20-30-iyun kunlari Nasuer Yasin boshchiligidagi suratga olish guruhi O‘zbekistonda bo‘ldi.

Izoh

0

Izoh qoldirish

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali kirishingiz kerak:


Tizimga kirish orqali siz qayta ishlashga rozilik bildirasiz Shaxsiy malumot

Shuningdek, oʻqing